13.3.2026 | 16:20
O‘zbekistonda dollar kursi 12 100 so‘mdan pastladi
Markaziy bank 16-mart uchun xorijiy valyutalarning yangi rasmiy kurslarini e’lon qildi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
O‘zbekiston Markaziy banki 16-mart sanasiga xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi rasmiy kurslarini belgiladi.
Unga ko‘ra, AQSh dollari 20,76 so‘mga arzonlab, 12 081,63 so‘mni tashkil etdi. Yevro kursi esa 153,27 so‘mga pasayib, 13 837,09 so‘m etib belgilandi.
Shuningdek, boshqa asosiy valyutalar bo‘yicha kurslar quyidagicha shakllandi:
- funt sterling — 16 023,87 so‘m (−186,07);
- Rossiya rubli — 150,44 so‘m (−2,64);
- Xitoy yuani — 1 751,98 so‘m (−8,75);
- Yaponiya iyenasi — 75,75 so‘m (−0,49);
- Qozog‘iston tengesi — 24,62 so‘m (−0,04).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ