O‘zbekistonda 5 grammlik oltin quyma narxi ilk bor 7 mln so‘mdan oshdi

Dunyo kotirovkalarida oltinning troya unsiyasi uchun $3280 ni tashkil qilmoqda

O‘zbekistonda 5 grammlik oltin quyma narxi ilk bor 7 mln so‘mdan oshdi

16-aprel kuni o‘lchovli oltin quymalarning narxi yangi rekord ko‘rsatkichga yetdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

1 gramm oltin 1 mln 413 ming 30 so‘mga baholanmoqda. 5 grammlik o‘lchovli quyma 7 mln 65 ming so‘mdan sotilmoqda.

Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:

  • 5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 7 mln 65 ming so‘m;
  • 10 gramm oltin quyma narxi 14 mln 130 ming som;
  • 20 gramm oltin quyma narxi 28 mln 261 ming so‘m;
  • 50 gramm oltin quyma narxi 70 mln 651 ming so‘m;
  • 100 gramm oltin quyma narxi 141 mln 303 ming so‘mni tashkil qiladi.

16-aprel kuni oltinning jahon kotirovkalari troya unsiyasi uchun $3280ga yaqinlashdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmaydi
/
O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmaydi
Toshkent aeroportida yuklarni saqlash uchun avtomatik javonlar o‘rnatildi
/
Toshkent aeroportida yuklarni saqlash uchun avtomatik javonlar o‘rnatildi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun tushmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun tushmoqda