O‘zbekistonda 15 yildan eski avtomobillarda taksichilik qilish taqiqlanishi mumkin

Adliya vazirligi taksilar uchun yangi talablar — transport yoshi, jihozlanishi va majburiy belgilash qoidalarini jamoatchilik muhokamasiga qo'ydi

O‘zbekistonda 15 yildan eski avtomobillarda taksichilik qilish taqiqlanishi mumkin

O‘zbekistonda yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi taksilar uchun avtomobil yoshiga cheklov joriy etish rejalashtirilmoqda. Adliya vazirligi tomonidan jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan “Transport to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga ko‘ra, taksi sifatida foydalaniladigan avtomobillarning ekspluatatsiya muddati 15 yildan oshmasligi kerak bo‘ladi.

Mazkur talab faqat tijorat asosida yo‘lovchi tashish faoliyatiga taalluqli bo‘lib, fuqarolarning shaxsiy avtomobillarida amalga oshiriladigan shaxsiy safarlar ushbu cheklov doirasiga kirmaydi. Hujjatda asosan yo‘nalishsiz (liniyali) taksilar faoliyati tartibga solinmoqda.

Qonun loyihasida, shuningdek, taksilar uchun yagona tanib olish belgilari joriy etish nazarda tutilgan. Ularning shakli va dizayni Vazirlar Mahkamasining alohida qarori bilan tasdiqlanishi rejalashtirilgan. Yuridik shaxslarga tegishli taksilar maxsus seriyadagi davlat raqam belgilariga ega bo‘lishi va avtomobil eshiklariga grafik belgilar tushirilishi lozim bo‘ladi.

Bundan tashqari, har bir taksi salonida yo‘lovchilar uchun ochiq va ko‘rinadigan joyda “taksi pasporti” joylashtirilishi shart etib belgilanmoqda. Unda tashuvchi tashkilot nomi, haydovchi ma’lumotlari, faoliyat hududi, litsenziya rekvizitlari hamda avtomobil ishlab chiqarilgan yili ko‘rsatiladi.

Texnik talablar doirasida taksilar naqd pulsiz to‘lovlarni qabul qilish vositalari, taksometr funksiyasini bajaruvchi mobil ilovalar bilan jihozlanishi, shuningdek, tashuvchining majburiy fuqarolik javobgarligi sug‘urtasi bo‘yicha amaldagi shartnomaga ega bo‘lishi lozim.

Agar qonun loyihasi qabul qilinsa, hujjat rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 50 yildan ortiq ishlab chiqarilgan avtomobillardan foydalanish 1-fevraldan boshlab taqiqlanishi haqida xabar berilgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Top-300 oliygohlarda magistraturada o‘qiyotgan qizlarning kontrakti qoplanadi
/
Top-300 oliygohlarda magistraturada o‘qiyotgan qizlarning kontrakti qoplanadi
O‘zbekistonda 6-mart kuni metan zapravkalari xususiy transportga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi
/
O‘zbekistonda 6-mart kuni metan zapravkalari xususiy transportga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi
Ayollar tadbirkorligi va bandligini qo‘llab-quvvatlashga 25 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi
/
Ayollar tadbirkorligi va bandligini qo‘llab-quvvatlashga 25 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi