Toshkentda ekologik talablarni bajarmagan 15 ta obyektda qurilish ishlari vaqtincha to‘xtatildi

Qurilish davomida havo ifloslanishining oldini olish bo‘yicha majburiy talablar buzilgan

Toshkentda ekologik talablarni bajarmagan 15 ta obyektda qurilish ishlari vaqtincha to‘xtatildi

Toshkent shahrida ekologik talablarni bajarmagan qurilish obyektlarida ishlar vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Ekologiya qo‘mitasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Bosh prokuratura, Qurilish vazirligi, Energoinspeksiya va Qurilish inspeksiyasi hamda Sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa tegishli vazirlik va idoralar tomonidan Toshkent shahrining 12 tumanidagi qurilish obyektlari kompleks o‘rganildi. Jarayonga 140 nafar xodim jalb etildi.

Tadbirlar davomida 96 ta qurilish obyekti o‘rganildi. Shundan 60 ta holatda havoning chang va qum bilan ifloslanishining oldini olish bo‘yicha majburiy talablar buzilganligi aniqlandi.

Shuningdek, 47 ta holatda qurilish maydonining 25% ini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha talab bajarilmagan.

Huquqbuzarlik sodir etgan 15 ta obyektda qurilish ishlari vaqtincha to‘xtatildi, 70 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi, 68 nafar shaxs rasmiy ogohlantirildi.

Bundan tashqari, 24 ta obyektda suv yuvish moslamalari o‘rnatilishi ta’minlandi, 62 ta obyektda esa avtomashinalar shinalarini yuvish uchun basseynlar yaratilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda xavfli qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar reyestri e‘lon qilindi
/
O‘zbekistonda xavfli qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar reyestri e‘lon qilindi
“O‘zbekneftgaz” va “KazMunayGaz” Qashqadaryoda $200 mlnlik zavod qurilishini tezlashtiradi
/
“O‘zbekneftgaz” va “KazMunayGaz” Qashqadaryoda $200 mlnlik zavod qurilishini tezlashtiradi
O‘zbekistonda biznes uchun yagona ilmiy ishlanmalar bazasi yaratiladi
/
O‘zbekistonda biznes uchun yagona ilmiy ishlanmalar bazasi yaratiladi