11.9.2024 | 16:36
O’zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
Markaziy bank tomonidan 12 sentyabr kuniga yangi xorijiy valyuta kurslari o'rnatildi

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
O’zbekiston Markaziy banki tomonidan 12 sentyabr kuni O’zbekiston so’miga nisbatan xorijiy valyutalarning yangi kurslari e’lon qilindi.
Dollar kursi 12 715,07 (+28,36) tashkil etdi, yevro ham 36,39 so’mga ko’tarilib 14 041,25 so’mni tashkil etdi.
Boshqa xorijiy valyutalar bo’yicha belgilangan kurslar ham ma’lum bo’ldi:
- funt sterling — 16 640,21 so’m (+23,16);
- rubl — 139,71 (+0,62);
- Xitoy yuani — 1 787,91 (+5,79);
- Yaponiya iyenasi — 89,81 so’m (+1,19);
- Qozog’iston tengesi — 26,64 so’m (+0,08).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ