O’zbekiston Markaziy banki iyun oyida 11 ta bankni jarimaga tortdi
Shuningdek, regulyator mikromoliya tashkiloti va lombardga jarima solgan

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Markaziy bankning bank nazorati qo’mitasi iyun oyida bir qator yig’ilishlar o’tkazdi va 42 ta masala bo’yicha qaror qabul qildi. Bu haqda regulyatorning matbuot xizmati xabar berdi.
Qo’mita ro’yxatga olish va ruxsatnomalar bilan bog’liq 28 ta masalani ko’rib chiqdi. Ular orasida: kredit tashkilotlari ustavlariga o’zgartirishlar (5), mikromoliya tashkilotlarini litsenziyalash (2), mikromoliya tashkilotlariga berilgan litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish (9), to’lov tashkilotlariga berilgan litsenziyalarni bekor qilish (1) va tijorat banklarida asosiy xodimlarni tayinlash (10).
Shuningdek, kredit tashkilotlarining moliyaviy holati, banklar va to’lov tashkilotlarida Markaziy bankning talablari va prudensial normalariga rioya etilishi hamda banklar va mikromoliya tashkilotlaridagi tekshiruvlar natijalari muhokama qilindi.
11 ta bank, mikromoliya tashkiloti va lombard amaldagi Qonunchilik talablariga va Markaziy bank tomonidan belgilangan iqtisodiy normalarga rioya qilmagani uchun jarimaga tortildi. Regulyator qaysi banklar va tashkilotlar haqida gap ketayotganini aniq aytmagan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ