6.1.2026 | 13:37
Ijara xizmatlarining qariyb yarmi avtomobillar hissasiga to‘g‘ri keldi
2025-yilning yanvar–noyabr oylarida ijara xizmatlari hajmi 11,6 trln so‘mni tashkil etdi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
2025-yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonda ijara xizmatlari hajmi 11,6 trln so‘mga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 19% ga oshgan.
Ijara xizmatlari tarkibida eng katta ulushni yengil avtomobillar va boshqa avtotransport vositalarini ijaraga berish xizmatlari egalladi. Mazkur yo‘nalish umumiy hajmning 49% ini tashkil etdi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ