10.12.2024 | 16:31
O’zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun o’sishda davom etmoqda
Markaziy bank tomonidan 11 dekabr kuniga yangi xorijiy valyuta kurslari o'rnatildi

O’zbekiston Markaziy banki tomonidan 11 dekabr kuni O’zbekiston so’miga nisbatan xorijiy valyutalarning yangi kurslari e’lon qilindi.
Dollar kursi 12 874,02 (+12,77) so’mni tashkil etdi, yevro esa 44,42 so’mga tushib 13 558,92 so’mni tashkil etdi.
Boshqa xorijiy valyutalar bo’yicha belgilangan kurslar ham ma’lum bo’ldi:
- funt sterling — 16 420,81 so’m (+9,85);
- rubl — 128,21 (-0,20);
- Xitoy yuani — 1 774,06 (+3,54);
- Yaponiya iyenasi — 84,92 so’m (-0,49);
- Qozog’iston tengesi — 25,26 so’m (+0,18).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ