Regulyator 100 grammlik oltin quymalarini sotuvga chiqarmoqda

Quymalarni 17-yanvardan boshlab tijorat banklaridan sotib olish mumkin bo‘ladi

Regulyator 100 grammlik oltin quymalarini sotuvga chiqarmoqda

Markaziy bank 2025-yil 17-yanvardan boshlab tijorat banklari orqali 100 grammli oltin quymalarni sotuvga chiqaradi. Bu haqda regulyator rasmiy sahifasida ma’lum qildi

Sotuv jarayonlari aholining investitsiya va jamg‘arish imkoniyatlarini yanada oshirish hamda qimmatbaho metallar muomalasini kengaytirish maqsadida  2025-yilning 17-yanvaridan boshlab 5, 10, 20, 50 grammli o‘lchovli oltin quymalarga qo‘shimcha ravishda amalga oshiriladi. 

Quymalar maxsus himoya qadoqlarida sotuv uchun taqdim etiladi. Qadoqlar sertifikat vazifasini bajarib o‘z seriya raqamiga ega bo‘ladi. Oltin quymalarning sotish narxlari har kuni Markaziy bankning rasmiy veb-saytida milliy valyutada e’lon qilib boriladi.

Qadoqlari but oltin quymalar sotuv shoxobchalarida quyma egasiga to‘lovni amalga oshirish orqali qayta sotib olinadi.

Qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan oltin quymalarni qaytarib sotib olish ularni texnik ekpertizadan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi va ekspertiza o‘tkazilgandan so‘ng to‘lov to‘lab beriladi.

Shuningdek, qadog‘i but holatdagi oltin quymalarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushdi
ITIM ikkinchi chorakdagi eng faol banklar ro‘yxatini e’lon qildi
/
ITIM ikkinchi chorakdagi eng faol banklar ro‘yxatini e’lon qildi
Toshkentning Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasi 3 kunga qisman yopiladi
/
Toshkentning Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasi 3 kunga qisman yopiladi