Biznes egasi uchun 10 ta asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlar

image
Farkhod Murodov

KSP moliyaviy direktori

Iktisodiy inqiroz paytida ham biznes bargaror bo‘lib qolishi uchun nazorat tizimini qanday tashkil etish kerak

Biznes egasi uchun 10 ta asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlar

Kompaniyaning moliyaviy sog‘lomligi faqat daromad va foydaning o‘sishi bilan belgilanmaydi. Biznesni aktiv sifatida boshqarish uchun uning egasi barqarorlik, samaradorlik va tashqi ta’sirlarga chidamlilikni aks ettiradigan ilg‘or moliyaviy ko‘rsatkichlarni kuzatib borishi zarur.

Quyida har oylik monitoring tizimiga kiritilishi kerak bo‘lgan asosiy ko‘rsatkichlar keltirilgan:

1. Moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti

Kompaniya o‘z aktivlarining qaysi qismini o‘z mablag‘lari hisobidan shakllantirganini ko‘rsatadi.

Formula: O‘z kapitali / Umumiy aktivlar

Me’yor: > 0.5 — kompaniya qarzga qattiq bog‘liq emas.

Misol: koeffitsiyent 0.75 — bu 75% aktivlar o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilganini, ya’ni yuqori barqarorlik darajasini anglatadi.

2. Aktivlar rentabelligi (ROA)

Har bir aktivga sarflangan so‘m qancha foyda keltirganini ko‘rsatadi.

Formula: Sof foyda / Umumiy aktivlar

Me’yor: sohadan kelib chiqadi, lekin dinamikaning o‘sishi — ijobiy signal.

Tavsiya: faqat sof foyda emas, balki operatsion foyda bo‘yicha ham ROA ko‘rsatkichini kuzating — bu biznes samaradorligini yaxshiroq ko‘rsatadi.

3. Joriy likvidlik koeffitsiyenti

Kompaniyaning qisqa muddatli majburiyatlarini o‘z vaqtida to‘lash qobiliyatini baholaydi.

Formula: Oborot aktivlar / Qisqa muddatli majburiyatlar

Me’yor: 1.5–2.5 — kompaniya joriy qarzlarini qoplashga qodir.

Agar koeffitsiyent 2 dan yuqori bo‘lsa, qarzlarni ikki marta to‘lab, hali ham mablag‘ qoladi.

4. Debitor qarzdorlik aylanmasi

Mijozlar o‘rtacha necha kunda hisob-kitob qilishini ko‘rsatadi.

Formula: (O‘rtacha debitor qarzdorlik / Daromad) × 365

Me’yor: sohadan kelib chiqadi. Kunlar soni kamroq bo‘lsa — yaxshiroq.

5. Kreditor qarzdorlik aylanmasi

Kompaniya ta’minotchilarga o‘rtacha necha kunda to‘lov qiladi.

Formula: (O‘rtacha kreditor qarzdorlik / Sotuvlar tannarxi) × 365

Me’yor: sohadan kelib chiqadi.

Debitor va kreditor aylanmasining mutanosibligi — pul oqimlarini boshqarishda muhim.

6. Foiz to‘lovlarini qoplash koeffitsiyenti

Kompaniya operatsion foyda hisobiga foiz to‘lovlarini necha marta qoplay olishini ko‘rsatadi.

Formula: EBIT / Foiz xarajatlari

Me’yor: > 3 — qarz yukiga bardoshlilikni ko‘rsatadi.

7. Operasion pul oqimi

Kompaniya asosiy faoliyati orqali qancha haqiqiy pul ishlab topayotganini ko‘rsatadi.

Formula (ko‘chirma metod):

Sof foyda + Amortizatsiya ± Oborot kapitaldagi o‘zgarishlar

Doimiy ravishda ijobiy operasion pul oqimi — biznesning hayotiyligidan dalolat.

8. O‘z kapitali rentabelligi (ROE)

Sohiblar qo‘ygan mablag‘larning qay darajada daromad keltirayotganini ko‘rsatadi.

Formula: Sof foyda / O‘z kapitali

Me’yor: 15% dan yuqori bo‘lishi — yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.

9. Nol nuqtasi (Break-even point)

Qaysi savdo hajmida kompaniya zararsiz ishlay boshlashini ko‘rsatadi.

Formula: Doimiy xarajatlar / (Birlik daromad – Birlik o‘zgaruvchan xarajatlar)

Bu ko‘rsatkich minimal sotuv hajmini va stress-ssenariylar tahlilini baholashda foydalidir.

10. Majburiyatlarni qo‘plash nisbati (Debt-to-Equity)

Qarz va o‘z mablag‘lar nisbatini ko‘rsatadi.

Formula: Umumiy majburiyatlar / O‘z kapitali

< 1 bo‘lsa — moliyaviy tuzilma muvozanatda.

Qo‘shimcha: Bankrotlik xavfini baholash — Altman modeli (Z-score)

Altman Z-score — 1–2 yillik muddatda bankrotlik xavfini baholashga yordam beradigan kompleks formula.

Formula: Z = 0.717 × (oborot kapital / aktivlar) + 0.847 × (taqsimlanmagan foyda / aktivlar) + 3.107 × (EBIT / aktivlar) + 0.420 × (kapital / majburiyatlar) + 0.998 × (daromad / aktivlar)

 • Z > 2.9 — “yashil zona”, biznes barqaror

 • 1.23 < Z < 2.9 — noaniqlik zonasi

 • Z < 1.23 — bankrotlik xavfi yuqori

Bu modeldan moliyaviy monitoring vositasi sifatida foydalaning — ayniqsa investisiya faolligi yuqori bo‘lgan davrda. Shuningdek, kontragentlar barqarorligini baholashda ham foydalidir.

Xulosa

Bugungi zamonaviy biznes egasi faqat foydaga emas, balki barqarorlik, likvidlik, samaradorlik va qarz yukiga ham e’tibor qaratishi kerak. Ushbu 10 ko‘rsatkich va Altman modeli biznesingizni kutilmagan xavflardan himoya qiladigan moliyaviy nazorat tizimini yaratishda yordam beradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Biznes bilan bir tilda gaplashamiz
/
Biznes bilan bir tilda gaplashamiz
Biznes bilan bir tilda gaplashamiz: terminlarning amaliy lug‘ati
/
Biznes bilan bir tilda gaplashamiz: terminlarning amaliy lug‘ati
Moliyaviy barqarorlik: omborlarda tovar ortiqchaligini qanday oldini olish mumkin
/
Moliyaviy barqarorlik: omborlarda tovar ortiqchaligini qanday oldini olish mumkin