1-yanvardan barcha turdagi ishonchnomalarni onlayn rejimda tekshirish platformasi yaratiladi

Vakolat.uz maxsus platformasi orqali boshqa shaxslarga ishonchnomalarni rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi

1-yanvardan barcha turdagi ishonchnomalarni onlayn rejimda tekshirish platformasi yaratiladi

2026-yil 1-yanvardan davlat xizmatlaridan boshqa shaxslar vositasida foydalanish imkonini beruvchi Vakolat.uz platformasi ishga tushiriladi. Bu davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga qaratilgan prezident farmonida nazarda tutilgan.

Qayd etilishicha, platforma fuqarolarga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etishi ko‘zda tutilgan:

  • davlat xizmatlaridan foydalanish va xizmat natijalarini olish bo‘yicha boshqa shaxslarga ishonchnomalarni rasmiylashtirish;
  • yuridik shaxslar tomonidan rasmiylashtirilgan ishonchnomalarni ixtiyoriy ro‘yxatdan o‘tkazish;
  • barcha turdagi ishonchnomalarning haqiqiyligini onlayn rejimda tekshirish;
  • platformadan bepul asosda foydalanish.

Shuningdek, hujjatda Davlat xizmatlari yagona reyestrini yuritish va davlat xizmatlarini ushbu reyestrga kiritish tartibi belgilangan. Unga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan Davlat xizmatlari yagona reyestri Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan “Davlat xizmatlari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimida yuritiladi. Har bir davlat xizmatining raqamli pasporti shakllantirilib, uni reyestrga kiritish normativ-huquqiy hujjat asosida amalga oshiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Apple 9-sentabr kuni yangi avlod iPhone modellarini taqdim etdi
/
Apple 9-sentabr kuni yangi avlod iPhone modellarini taqdim etdi
Germaniya kansleri: JST o‘z vazifasini bajarishni to‘xtatdi
/
Germaniya kansleri: JST o‘z vazifasini bajarishni to‘xtatdi
O‘zbekistonda dollar kursi keskin pasaydi
/
O‘zbekistonda dollar kursi keskin pasaydi