1-sentabrdan kompaniyalar tartibni saqlash maqsadida PPXni yollashi mumkin bo‘ladi

Bunday xizmatlar narxi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishiladi

1-sentabrdan kompaniyalar tartibni saqlash maqsadida PPXni yollashi mumkin bo‘ladi

1-sentabrdan boshlab O‘zbekistondagi kompaniyalar odamlar gavjum joylarda xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlash maqsadida patrul-post xizmati bilan shartnoma tuzish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi tegishli qaror qabul qildi.

Mazkur yangilik mitinglar, namoyishlar va boshqa ommaviy tadbirlarga tatbiq etilmaydi.

Arizani YAIDXP platformasi orqali, Davlat xizmatlari markazlarida yoki PPX bo‘linmalariga og‘zaki yoxud yozma ravishda murojaat qilish orqali topshirish mumkin.

Murojaat kelib tushgandan so‘ng, xodimlar patrullik rejalashtirilgan hududni tekshiradi. Natijalar asosida qo‘riqlanadigan hududning chegaralari, zarur xodimlar soni, postlarning joylashuvi va ularning ish tartibi ko‘rsatilgan holda dalolatnoma tuziladi. Ushbu dalolatnoma asosida shartnoma imzolanadi.

Bunday xizmatlar narxi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi