1-oktabrdan Toshkentda issiq suv va isitish ta’minoti tariflarini oshirish rejalashtirilmoqda

Xususan, yuridik shaxslar uchun narxlarni 40% ga, davlat korxonalari uchun esa 19% ga oshirish taklif qilinmoqda

1-oktabrdan Toshkentda issiq suv va isitish ta’minoti tariflarini oshirish rejalashtirilmoqda

Toshkentda aholi uchun isitish va issiq suv tariflari oshirilishi mumkin. Bu haqda Veolia Energy Tashkent bosh direktori Sevara Pardayeva ma’lum qildi.

Pardayevaning ta’kidlashicha, poytaxt aholisi asosiy tarifning atigi 18% ini to‘layapti, qolgan qismi esa shahar budjetidan subsidiya ko‘rinishida qoplanmoqda.

Bu juda muhim va murakkab vazifa. Bugungi kunda aholi umumiy tarifning atigi 18% ini to‘lamoqda. Biz bu masalani Moliya vazirligi bilan birgalikda ko‘rib chiqmoqchimiz. Vazirlikning hozirgi siyosati manzilli subsidiyalashga qaratilgan — ya’ni, yordam faqat haqiqatan muhtoj oilalarga berilishi kerak, — dedi u Xalq deputatlari shahar kengashi yig‘ilishida.

Joriy yil 1-oktabrdan boshlab aholi uchun issiq suv va isitish tariflarini 15% ga oshirish taklif etilmoqda.

Hozirda ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi uchun issiq suv va isitish uchun chakana tarif 1 Gkal uchun 121 617 so‘mni (QQSsiz) tashkil etadi. Agar taklif ma’qullansa, narx 139 ming so‘mgacha ko‘tariladi.

Bundan tashqari, yuridik shaxslar uchun narxlarni 40% ga, davlat korxonalari uchun esa 19% ga oshirish taklif qilindi. Tariflar ma’qullangan taqdirda, narxlar yuridik shaxslar uchun 342,2 ming so‘mgacha va byudjet tashkilotlari uchun 954,3 ming so‘mgacha oshadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
/
Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
/
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi
/
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi