“ACWA Power” Samarqand viloyatida 1 GVt quvvatga ega ikkita yangi quyosh elektr stantsiyasini quradi

Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni kompaniyasi Buxoro viloyatida ikkita shamol elektr stansiyasini ishga tushirdi

“ACWA Power” Samarqand viloyatida 1 GVt quvvatga ega ikkita yangi quyosh elektr stantsiyasini quradi

13-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev yirik energetika kompaniyalari vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Muloqotlar davomida energetika sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar, strategik hamkorlik va kelgusi rejalar muhokama qilindi.

Xususan, Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi raisi Muhammad Abunayyan bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda esa hozirgacha qiymati $3 mlrd bo‘lgan 4 loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi ta’kidlandi. Joriy loyihalar portfeli esa $15 mlrdni tashkil etmoqda. Ular ishtirokida Buxoro viloyatida quvvati 500 megavatt bo‘lgan 2 ta shamol elektr stansiyasi tarmoqqa ulanish marosimi bo’lib o’tdi. Samarqand viloyatida 1 gigavatt quvvatga ega 2 ta quyosh elektr stansiyasi va Toshkent viloyatida 334 megavattlik energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi.

Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev BAA sanoat va ilg‘or texnologiyalar vaziri Sulton Ahmad Al-Jobir va energetika vaziri Suhayl Muhammad Al-Mazruiy bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokarada investitsiyaviy loyihalar portfeli $20 mlrdga yetgani alohida qayd etildi.

Bundan tashqari, prezident Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi raisi Jamil Kazanchi bilan uchrashdi. Suhbat davomida Toshkent va Buxoro viloyatlarida umumiy quvvati 740 megavatt bo‘lgan zamonaviy elektr stansiyalari muvaffaqiyatli qurilganini qayd etildi. Shu kuni Qashqadaryoning Nishon tumanida quvvati 400 megavattli yangi elektr stansiyasi ham ishga tushirilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2026-yilda Sirdaryo tumanida avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha $122 mlnlik loyiha ishga tushiriladi
/
2026-yilda Sirdaryo tumanida avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha $122 mlnlik loyiha ishga tushiriladi
O‘zbekistonda dollar kursi qatorasiga ikkinchi kun ko‘tarilmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi qatorasiga ikkinchi kun ko‘tarilmoqda
Sirdaryodagi “River Med Pharm” korxonasida inyeksiya uchun eritmalar va kapsulalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
/
Sirdaryodagi “River Med Pharm” korxonasida inyeksiya uchun eritmalar va kapsulalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi