O‘zbekistonda 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi

Xususan, ish haqi va stipendiyalar 10% ga oshiriladi, chiqindi xizmatidan qarzi borlar elektr tokiga to‘lov qila olmaydi

O‘zbekistonda 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi

Norma.uz portali 2025-yil 1-avgustdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy o‘zgarishlar sharhini taqdim etdi.

Ish haqi va stipendiyalar oshiriladi

Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori va talabalar va o‘quvchilar stipendiyalari 10% ga oshiriladi.

Chiqindi xizmatidan qarzi borlar elektr tokiga to‘lov qila olmaydi

Mazkur tartib 2025-yil 1-iyuldan keyingi chiqindi xizmatlaridan shakllangan qarzdorliklar uchun joriy etiladi.

Har oyning 3-sanasigacha chiqindi xizmatidan qarzdorlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ billing tizimiga uzatiladi. So‘ngra qarzdor iste’molchilarga har oyning 5-sanasigacha xabarnoma yuboriladi. Ogohlantirish yuborilganidan so‘ng, qarzdorlikni bartaraf etishga besh kun muddat beriladi.

Portlovchi moddalar bilan ishlash uchun litsenziyalar Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan holda beriladi

Endilikda portlovchi moddalar yaratish, ishlab chiqarish, tashish va saqlash, portlovchi va xavfli moddalar hamda portlatish qurilmalarini sotish uchun litsenziya olishda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishish talab etiladi.

Yer qa’ridan foydalanish sohasidagi qonunbuzarliklar haqida xabar berganlar mukofotlanadi

“Geomonitoring” axborot tizimi orqali quyidagilarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi:

  • yer qa’ridan foydalanish qoidalarining buzilishini qayd etuvchi foto va video materiallarni yuborish;
  • taqdim etilgan ma’lumot uchun pul mukofoti olish.

Nogironlar uchun ish o‘rinlarini zaxiralash joriy etilmoqda

“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish tizimi joriy etilmoqda.

Tashkilotlar o‘zlari joylashgan hududdagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jismoniy holati, imkoniyatlari va malaka darajasini hisobga olgan holda elektron reyestr ma’lumotlari asosida ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yadi.

Oziq-ovqat mahsulotlariga majburiy standartlar bekor qilinmoqda

Buning o‘rniga Alimentarius kodeksi standartlari asosida ustuvor oziq-ovqat mahsulotlari uchun sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena normativlariga amal qilish zarur.

Davlat organlarida — jismoniy tarbiya va tana vazni indeksi nazorat qilinadi

Barcha davlat organlari va tashkilotlarida har ish kunida jismoniy tarbiya tadbirlari o‘tkazilishi boshlanadi.

Shuningdek, xodimlarning tana vazni indeksi muntazam ravishda o‘lchanib boriladi va ma’lumotlar hrm.argos.uz platformasida doimiy ravishda e’lon qilib boriladi.

Ba’zi oilalarga bog‘cha to‘lovi kompensatsiya qilinmoqda

Kompensatsiya uchun mablag‘lar davlat byudjetidan ajratiladi va oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yo‘naltiriladi.

Qabul qilingan talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni HEMISga joylashtiriladi

Barcha nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalarni qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Ta’limni boshqarishning yagona axborot tizimida (HEMIS) ro‘yxatdan o‘tkazishi shart. Oxirgi muddat – joriy o‘quv yilining 1-oktabr etib belgilangan.

Tabiatga zarar etkazishning majburiy sug‘urtalash tizimi joriy etiladi

1-avgustdan tabiiy muhitga ta’siri darajasi hisobga olinib, I va II toifadagi korxonalar ekologik toza ishlab chiqarishga o‘tishga rag’batlantiriladi.

Ayrim qurilish tashkilotlariga “Shaffof qurilish” platformasida ustuvorlik beriladi

Devorbop materiallardan (penoblok, gazoblok) foydalanadigan qurilish tashkilotlariga “Shaffof qurilish” platformasida ustuvorlik beriladi. 2026-yil 1-yanvardan boshlab pishgan va xom g‘isht ishlab chiqarishda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 2025-yil uchun belgilangan stavkaga nisbatan 2 baravarga oshiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Midasbuy platformasi O‘zbekistonda rasman ro‘yxatdan o‘tdi
/
Midasbuy platformasi O‘zbekistonda rasman ro‘yxatdan o‘tdi
Rossiya banki asosiy stavkani yillik 18% ga tushirdi
/
Rossiya banki asosiy stavkani yillik 18% ga tushirdi
O‘zbekistonda dollar kursi keskin tushdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi keskin tushdi