Rossiyada ayrim migrantlarga patentsiz ishlash huquqi berilmoqda

Ammo tartib Rossiya tasarrufiga o‘tgan Ukraina janubiy viloyatlariga tegishli

Rossiyada ayrim migrantlarga patentsiz ishlash huquqi berilmoqda

Vladimir Putin 20-mart kuni muhojirlarga Rossiyada patensiz ishlashga ruxsat berish haqidagi farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, mamlakat bosib olgan Ukraina hududidagi Donetsk, Lugansk xalq Respublikasi, shuningdek, Zaparoje va Xerson viloyatlarida chet elliklar patensiz ishlashni davom ettirishi mumkin. 

Bu tartib avvalroq 2023-yilning aprelidan amal qilgan edi, endilikda 2025-yil oxirigacha uzaytirildi. Bu hududlarda ishlash uchun muhojirlar barmoq izlarini topshirishi, biometrik ma’lumotlarni taqdim etishi va tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak bo‘ladi.

Migrant.uz nashri xabar berishicha, tartib yangi hududlarda ishlaydigan chet elliklarga, jumladan, ukrainaliklarga tegishli. Rossiyaning boshqa shaharlardagi muhojirlarga bu o‘zgarishlar tegishli emas. 

Shuningdek, farmon ukrainaliklar uchun avval amalda bo‘lgan imtiyozlarni bekor qiladi. Huquqiy maqomi tartibga solinmagan ukrainaliklar 2025-yil sentyabrgacha Rossiya ichki ishlar vazirligiga murojaat qilib, migratsiya hujjatlarini rasmiylashtirishi kerak. 2025-yil mart qadar yangi hududlarga kelganlar 2025-yil 10-iyungacha tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart.

Xulosa qilib aytganda, Rossiyaning boshqa hududlarida patent tizimiga hech qanday o‘zgartirish kiritilmadi. Bu farmon faqat Donbass va Rossiya tasarrufiga o‘tgan Ukraina janubiy viloyatlariga tegishli xolos.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Ozarbayjonda “Made in Uzbekistan” brendi nomidagi shou-rum ochildi
/
Ozarbayjonda “Made in Uzbekistan” brendi nomidagi shou-rum ochildi
Qirg‘iziston O‘zbekiston bergan ikki yer uchastkasini davlat mulkiga oldi
/
Qirg‘iziston O‘zbekiston bergan ikki yer uchastkasini davlat mulkiga oldi
“Anorbank” aksiyador o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq voqeaga izoh berdi
/
“Anorbank” aksiyador o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq voqeaga izoh berdi