Raqobat qo‘mitasi  “Aloqabank” ga moliyaviy jarima qo‘lladi

Qonunbuzarlik holati Angor tumani filialida aniqlagan

Raqobat qo‘mitasi  “Aloqabank” ga moliyaviy jarima qo‘lladi

Raqobat qo‘mitasi  “Aloqabank” ga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarima qo‘lladi. Bu haqda Qo‘mita rasmiy sahifasida ma’lum qildi

Unga ko‘ra, Raqobat qo‘mitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish davomida “Aloqabank” ATning Angor tumani xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibini buzganlik holatlari aniqlangan.

Xususan, “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun va Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi 104-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilgani sababli ish qo‘zg‘atilib, ishni ko‘rib chiqish yakunlari yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llash yuzasidan qaror qabul qilindi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berilgan. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi