O‘zbekistonda kelgusi ikki yilda 4 trln so‘mlik 5 mingta tadbirkorlik loyihalari moliyalashtiriladi

1-noyabrdan xizmat ko‘rsatish loyihalariga tijorat banklari orqali 10 mlrd so‘mgacha kreditlar ajratish imkoniyati yaratiladi

O‘zbekistonda kelgusi ikki yilda 4 trln so‘mlik 5 mingta tadbirkorlik loyihalari moliyalashtiriladi

O‘zbekistonda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlari joriy etiladi. Bu haqda 26-sentabr kuni qabul qilingan Prezident farmonida belgilangan.

Farmonga muvofiq, 2026–2027 yillarda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan umumiy qiymati 4 trln so‘mlik moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari amalga oshiriladi. Ushbu mablag‘ hisobidan 5 mingta tadbirkorlik loyihasini moliyalashtirish rejalashtirilgan.

2025-yil 1-noyabrdan boshlab kompaniya tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha instrumentlar joriy qiladi. Jumladan, “chempion” tadbirkorlarni shakllantirish maqsadida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalariga tijorat banklari orqali 10 mlrd so‘mgacha kreditlar ajratish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, kichik tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va “yashil” iqtisodiyot yo‘nalishidagi mikroloyihalari uchun tijorat banklari tomonidan berilgan 500 mln so‘mgacha kreditlar qayta moliyalashtiriladi. Bu jarayonda foiz stavkalari 6% gacha, biroq Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 punktdan yuqori bo‘lmagan miqdorda belgilanishi mumkin.

Yangi tizim kamida bir yil faoliyat yuritayotgan va ikki nafar xodimga ega tadbirkorlarning 5 va undan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan loyihalarini moliyalashtirishni ko‘zda tutadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yashil iqlim jamg‘armasi barqaror suv ta’minoti uchun $250 mln ajratadi
/
Yashil iqlim jamg‘armasi barqaror suv ta’minoti uchun $250 mln ajratadi
O‘zbekiston quyosh elektr stansiyalari va energiya saqlash qurilmalarini qurish uchun $1,45 mlrd  mablag‘ jalb etadi
/
O‘zbekiston quyosh elektr stansiyalari va energiya saqlash qurilmalarini qurish uchun $1,45 mlrd mablag‘ jalb etadi
Gazsiz uylar uchun elektr energiyasi bo‘yicha chegirmalar bu yil joriy qilinmaydi
/
Gazsiz uylar uchun elektr energiyasi bo‘yicha chegirmalar bu yil joriy qilinmaydi