Way II: yangi investitsiya kompaniyasi daromadingizni oshirishga qanday yordam bera oladi

Way II — bu yuqori daromadli va ishonchli investitsiya mahsulotlarni taklif etuvchi innovatsion investitsiya kompaniyasi

Way II: yangi investitsiya kompaniyasi daromadingizni oshirishga qanday yordam bera oladi

Investorlar uchun imkoniyatlar

Way II Invest investorlar uchun muvaffaqiyatli sarmoya kiritish imkoniyatlarini va eng yaxshi sharoitlarni taqdim etishga intiladi. Investorlar yirik va ishonchli kompaniyalarga investitsiya kiritish orqali daromad olishlari mumkin.

Investitsiyalarni monitoring qilish va ikkilamchi bozorda savdo-sotiqni amalga oshirish Way Invest platformasi (ilovasi) orqali olib boriladi, bu investorlar uchun qulay va zamonaviy yechimni taqdim etadi.

Birinchi investitsion mahsulot — Akfa Aluminium Group kompaniyasiga investitsiya kiritish imkoniyati.

Way II kompaniyasining birinchi investitsion mahsuloti — Akfa Aluminium Group kompaniyasining ulushni sotib olish misolida investitsiya jarayonini ko‘rib chiqamiz.

Akfa Aluminium Group 20 yillik faoliyati davomida O‘zbekiston, MDH, Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlarida qurilish mahsulotlari bozorida ishonchli ishlab chiqaruvchi sifatida  mashhurlikka erishgan kompaniya hisoblanadi. Kompaniya mahsulotlari 27 mamlakatga eksport qilinadi va mintaqadagi eng yirik avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish majmuasiga egalik qiladi.

Akfa Aluminium Group kompaniyasining ulushini sotib olish uchun investor Way II ofisiga tashrif buyurishi yoki WAY INVEST ilovasini yuklab olishi lozim. Investor batafsil ma’lumotlar bilan tanishadi, zarur hujjatlarni tasdiqlaydi va mablag‘ kiritadi. Hozirgi kunda investitsiya uchun minimal miqdor taxminan 70 000 000 so‘mni tashkil etadi. Kutilayotgan yillik daromad 10-15% oralig‘ida baholanmoqda, bunda bozor tebranishlari va volatillik ham inobatga olinadi. Ta’kidlash joizki, kompaniya taklifi bozordagi eng daromadli yechimlardan biri hisoblanadi. Taklif bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni kompaniya mutaxassislaridan aniqlashingiz mumkin.

Barcha hujjatlar rasmiylashtirilgandan so‘ng, investorga sarmoyador maqomini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi va u dividend shaklida daromad olishni boshlaydi.

Investorlarni qo‘llab-quvvatlash

Way II investorlariga tajribali mutaxassislar tomonidan qo‘llab-quvvatlash xizmatlari taqdim etiladi. Kompaniya mutaxassislari investitsiya jarayonining har bir bosqichida investorlarga yordam ko‘rsatadi va ularning manfaatlarini himoya qiladi.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun kompaniya aloqa markaziga murojaat qilishingiz yoki ofisga tashrif buyurishingiz mumkin.

Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 2/1.

Telefon: +998 (78) 555-55-55

Sayt: waygroup.uz

Facebook: @way_ll

Instagram: @way_ll_group

Telegram: @wayllgroup

Twitter: @way_ll_group

LinkedIn: @wayllgroup

YouTube: @wayll

 

Reklama huquqlari asosida

Больше новостей про финансы и бизнес в Телеграм-канале @KPTLUZ

tg

Материалы по теме

AloqaBusiness упрощает и оптимизирует процессы управления финансами для бизнеса
/
AloqaBusiness упрощает и оптимизирует процессы управления финансами для бизнеса
Свой бизнес на Uzum Market развивают более 3000 женщин-предпринимателей
/
Свой бизнес на Uzum Market развивают более 3000 женщин-предпринимателей
«Мы выходим на рынок B2C уже четвертой страны»: коммерческий директор Ильхом Туракулов о том, как изменился OSON за год
/
«Мы выходим на рынок B2C уже четвертой страны»: коммерческий директор Ильхом Туракулов о том, как изменился OSON за год