O‘zbekistonda zargarlar to‘lagan QQSning 80%ini qaytarib oladi

Yangi tartib 2026-yildan kuchga kiradi va 2028-yilgacha amal qiladi

O‘zbekistonda zargarlar to‘lagan QQSning 80%ini qaytarib oladi

O‘zbekistonda zargarlik buyumlari ishlab chiqarish va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ining (QQS) bir qismini qaytarish tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hukumat qaroriga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlar to‘langan QQSning 80% izini respublika budjetidan qaytarib olishi mumkin bo‘ladi. Mazkur norma vaqtinchalik bo‘lib, 2028-yil 1-yanvargacha amal qiladi.

Mablag‘larni olish uchun tadbirkorlar avtomatlashtirilgan tizim orqali ariza topshiradi. Ariza soliq hisobotlari topshirilgandan so‘ng, biroq soliq to‘langanidan keyin uch oy ichida berilishi lozim. Qaytarish quyidagi shartlar to‘liq bajarilganda avtomatik tarzda amalga oshiriladi:

  • hisobot davri uchun hisoblangan soliq 1–20 kunlari oralig‘ida to‘liq to‘langan bo‘lishi;
  • zargarlik buyumlari ishlab chiqarish yoki sotishdan tushgan daromad umumiy tushumning kamida 80 foizini tashkil etishi;
  • elektron hisob-fakturalar yoki onlayn-kassa cheklarida tovar va xizmatlarning identifikatsiya kodlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lishi.

Shuningdek, ishlab chiqaruvchilar uchun soliq bazasini hisoblash tartibi belgilandi. U tayyor mahsulotni sotish qiymati bilan uning tarkibidagi qimmatbaho metallar va toshlar qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq asosida aniqlanadi.

Avvalroq prezident qarori bilan 2026-yil 1-yanvardan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlari va yarim tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmani QQSdan ozod qilishga oid imtiyozlar bekor qilingandi. Shuningdek, oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini chakana savdoda sotganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yangi bojxona mexanizmi orqali $500 mln investitsiya jalb etish rejalashtirilmoqda
/
Yangi bojxona mexanizmi orqali $500 mln investitsiya jalb etish rejalashtirilmoqda
O‘zbekiston milliy kompaniyalari aksiyalari ilk bor London fond birjasida joylashtiriladi
/
O‘zbekiston milliy kompaniyalari aksiyalari ilk bor London fond birjasida joylashtiriladi
“Bozor nazorati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo’yildi
/
“Bozor nazorati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo’yildi