O‘zbekistonda metan zapravkalar faoliyati yana cheklandi

Gaz quyish shoxobchalari qisqartirilgan jadval asosida soat 10:00 dan 16:00 gacha ishlaydi

O‘zbekistonda metan zapravkalar faoliyati yana cheklandi

O‘zbekistonda Havo harorati pasayishi sababli 10-mart kuni soat 16:00 dan boshlab metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etiladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.

Vazirlik qayd etishicha, sovuq va nam havo massalarining kirib kelishi oqibatida tabiiy gazga bo‘lgan talab ortgan. Shu sababli magistral gaz quvurlarida bosimning pasayishi kuzatilmoqda.

Mazkur chora-tadbirlar, avvalo, aholi va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror gaz ta’minoti bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi hamda jamoat transport vositalari uchun gaz ta’minoti cheklovlarsiz, barqaror tarzda davom ettiriladi, — deyiladi vairlik xabarida.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Uzum” Ummon suveren jamg‘armasidan $130 mln dan ortiq investitsiya jalb qildi
/
“Uzum” Ummon suveren jamg‘armasidan $130 mln dan ortiq investitsiya jalb qildi
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari $77,09 mlrdga yetdi
/
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari $77,09 mlrdga yetdi
Brent nefti narxi bir kunda $92 gacha pasaydi
/
Brent nefti narxi bir kunda $92 gacha pasaydi