UNICEF O’zbekiston ofisi yetkazib beruvchilar bazasini yangilaydi

UNICEF «Encompass» ko'magida ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilarga uzoq muddatli va o'zaro manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yish imkoniyatini e'lon qildi.

UNICEF O’zbekiston ofisi yetkazib beruvchilar bazasini yangilaydi

UNICEFning O’zbekiston Respublikasidagi ofisi «Encompass» kompaniyasi ko’magida tovarlar va xizmatlar yetkazib beruvchilar bazasini yangilash va kengaytirish boshlanganini ma’lum qildi.

2023 yilda UNICEF dunyoning 162 mamlakatida bolalarning ehtiyojlarini qondirish uchun $5,24 mlrdlik tovar va xizmatlarni sotib oldi. Ushbu xaridlar dori-darmonlar va ta’lim materiallaridan tortib oziq-ovqat va suv ta’minoti uskunalarigacha bo’lgan turli xil mahsulotlarni o’z ichiga oladi. Bozorning jadal rivojlanishi, tijorat sanoatining jadal o’sishi, yangi tovarlar va etkazib beruvchilar assortimentining doimiy kengayishi sharoitida UNICEF O’zbekiston «Encompass» kompaniyasi ko’magida yetkazib beruvchilar ma’lumotlar bazasini yangilashni boshlaydi.

«Biz uzoq muddatli va o’zaro manfaatli hamkorlikka qiziqqan kompaniyalarni tashabbusimizga qo’shilishga va o’z ma’lumotlarini bazamizga qo’shishga taklif qilamiz. Bu bizga xaridlarni yanada samarali rejalashtirish va bolalarni eng zarur tovarlar va xizmatlar bilan ta’minlash imkonini beradi.»

Kelgusi xaridlarda ishtirok etishdan manfaatdor bo’lgan kompaniyalar profilini rus yoki o’zbek tilida to’ldirishlari mumkin.

«Biz taqdim etilgan ma’lumotlarning to’liq maxfiyligini va ulardan faqat UNICEF dasturlari doirasida hamkorlik maqsadlarida foydalanishni kafolatlaymiz. Sizning ma’lumotlar bazamizdagi ishtirokingiz bizga butun dunyo bo’ylab bolalarning ehtiyojlariga tezroq va yaxshiroq javob berishga imkon beradi.»


Maslahat yoki qo’shimcha ma’lumot olish uchun elektron pochta orqali bog’lanishingiz mumkin: marketsurveyuzbekistan@gmail.com va Afg-termeztenders@unicef.org; yoki telefon yoki Telegram orqali: +998 (90) 975-80-90. UNICEF jamoasi barcha savollarga javob berishga va ro’yxatdan o’tish jarayonida kerakli yordamni taqdim etishga tayyor.

«Biz butun dunyo bo’ylab bolalar uchun birgalikda yaxshiroq kelajak yaratish maqsadida siz bilan hamkorlik qilishni intiqlik bilan kutamiz.»

Reklama huquqlari asosida

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkent iqtisodiyoti 2030-yilgacha $60,4 mlrdga yetkaziladi
/
Toshkent iqtisodiyoti 2030-yilgacha $60,4 mlrdga yetkaziladi
Toshkentda qurilishga ruxsat berishdan oldin har bir mahalla infratuzilmasi hisoblanadi
/
Toshkentda qurilishga ruxsat berishdan oldin har bir mahalla infratuzilmasi hisoblanadi
Saida Mirziyoyeva Buxorodagi may oyida boshlangan loyihalar ijrosini ko‘zdan kechirdi
/
Saida Mirziyoyeva Buxorodagi may oyida boshlangan loyihalar ijrosini ko‘zdan kechirdi