My Freighter va Air Cargo APAC Shanhaydan Toshkent orqali Amsterdamga muntazam yuk reyslarini yo‘lga qo‘ydi

Reyslar haftasiga ikki marta, umumiy yetkazib berish vaqti taxminan 17 soatda amalga oshiriladi

My Freighter va Air Cargo APAC Shanhaydan Toshkent orqali Amsterdamga muntazam yuk reyslarini yo‘lga qo‘ydi

O‘zbek yuk aviakompaniyasi My Freighter yuk tashish bo‘yicha sotuvlar agenti Air Cargo APAC bilan hamkorlikda yangi xalqaro yo‘nalish — Shanhay — Toshkent — Amsterdamni ishga tushirdi.

Reyslar haftasiga ikki marta Boeing 767-300F havo kemasida, umumiy yetkazib berish vaqti taxminan 17 soatda amalga oshiriladi.

Yo‘nalish Xitoyning eng yirik ishlab chiqarish markazini Yevropaning asosiy yuk hablaridan biri bilan bog‘laydi hamda Toshkentdan strategik tranzit nuqta sifatida foydalanadi.

Tashkilotchilar yangi yo‘nalishni Dubay va Istanbul kabi ortiqcha yuklangan uzellarni chetlab o‘tish imkonini beradigan “aqlli logistik yechim” deb atadi.

Jahon savdo tashkiloti (JST) ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda Xitoydan Yevropaga eksport AQSh bozoridan savdo oqimlari qayta yo‘naltirilishi natijasida 6% ga o‘sishi mumkin. My Freighter’ning yangi yo‘nalishi Xitoy va YeI o‘rtasida ishonchli va tezkor yuk tashish xizmatlariga ortib borayotgan talabni qondirishga qaratilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda avtomobil bozori rekord darajada o‘smoqda — ITIM
/
O‘zbekistonda avtomobil bozori rekord darajada o‘smoqda — ITIM
Markaziy bank 23 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotiga jarima sanksiyalari qo‘lladi
/
Markaziy bank 23 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotiga jarima sanksiyalari qo‘lladi
Iyul oyida O‘zbekiston aholisining inflyatsion kutilmalari 12,9% ni tashkil qildi
/
Iyul oyida O‘zbekiston aholisining inflyatsion kutilmalari 12,9% ni tashkil qildi