Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki “Nika Pharm” uchun $20 mln kreditni ma’qulladi

Moliyalashtirish ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, GMP standartlarini joriy etish va dori vositalari hajmini 140% ga oshirishga yo‘naltiriladi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki “Nika Pharm” uchun $20 mln kreditni ma’qulladi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki direktorlar kengashi farmatsevtika kompaniyasi “Nika Pharm” uchun $20 mln miqdorida kredit ajratishni ma’qulladi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, kompaniya jalb etiladigan mablag‘larni balansni restrukturizatsiya qilish, uskunalar va ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilishga yo‘naltiradi. Shuningdek, mahsulot sifatini yaxshilash va ishlab chiqarish jarayonlarini Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining GMP standartlariga muvofiqlashtirish rejalashtirilgan.

Moliyalashtirish “Nika Pharm”ning ishlab chiqarish bazasini kengaytirish, uning barqarorligi va samaradorligini oshirish imkonini beradi. Natijada generik va retsept asosidagi dori vositalari ishlab chiqarish hajmi 140% ga oshishi kutilmoqda.

Loyiha amalga oshirilishi kompaniyaning ichki bozordagi, shuningdek Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlaridagi pozitsiyalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Tashabbus dori vositalari bo‘yicha mahalliy ishlab chiqarish ulushini 80% ga yetkazishni nazarda tutuvchi davlat rejasini amalga oshirishga ham hissa qo‘shadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yanvar oyida ajratilgan kreditlarning o‘rtacha foiz stavkasi 21,8%ni tashkil etdi
/
Yanvar oyida ajratilgan kreditlarning o‘rtacha foiz stavkasi 21,8%ni tashkil etdi
Surxondaryoda $7,1 mlrdlik 44 ta yangi loyiha amalga oshiriladi
/
Surxondaryoda $7,1 mlrdlik 44 ta yangi loyiha amalga oshiriladi
O‘zbekistonda 1-martdan nimalar o‘zgaradi
/
O‘zbekistonda 1-martdan nimalar o‘zgaradi