«YTO Cargo Airlines» yuk aviakompaniyasi Toshkentga yuk tashishni yo’lga qo’ymoqda

Birinchi reys Xitoyning «Comac» kompaniyasidan ARJ21-700 samolyotlarida amalga oshiriladi

«YTO Cargo Airlines» yuk aviakompaniyasi Toshkentga yuk tashishni yo’lga qo’ymoqda

6-iyundan boshlab Xitoyning «YTO Cargo Airlines» aviakompaniyasi O’zbekistonga muntazam ravishda yuk tashishni boshlaydi. Bu haqda «Uzbekistan Airports» AJ xabar bermoqda.

Yuk aviakompaniyasi vakillari joriy yilning 3 iyun kuni bo’lib o’tgan O’zbekiston aeroportlari rahbariyati bilan muzokaralarda o’z niyatlarini bildirdilar.

Aviatashuvchining «Toshkent» xalqaro aeroportiga birinchi reysi xitoylik ishlab chiqaruvchi «Comac» kompaniyasining yangi ARJ21-700 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Avvalroq «YTO Cargo Airlines» aviakompaniyasi Boeing 757 samolyotlarida Toshkentga charter reyslarini amalga oshirgan edi. «YTO Cargo Airlines» bosh qarorgohi Xanchjouda joylashgan Xitoy yuk aviakompaniyasi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Ilon Mask OpenAI va Microsoftdan $134 mlrdgacha tovon puli talab qilmoqda
/
Ilon Mask OpenAI va Microsoftdan $134 mlrdgacha tovon puli talab qilmoqda
Eng yirik soliq qarziga ega qurilish kompaniyalari ma’lum bo‘ldi
/
Eng yirik soliq qarziga ega qurilish kompaniyalari ma’lum bo‘ldi
Zomindagi dor yo‘li kompaniyasi 215 mlrd so‘mga sotildi
/
Zomindagi dor yo‘li kompaniyasi 215 mlrd so‘mga sotildi