Toshkent shahrida YTHlarning oldini olish uchun 2,44 mlrd so‘m ajratiladi

Mablag‘ning 1,46 mlrd so‘mi ko‘cha va yo‘llar bo‘ylab temir panjara o‘rnatish uchun sarflanadi

Toshkent shahrida YTHlarning oldini olish uchun 2,44 mlrd so‘m ajratiladi

Toshkent shahri hokimi poytaxtda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish uchun 2,44 mlrd so‘m ajratish to‘g‘risida qaror imzoladi.

20-may kuni imzolangan qarorga ko‘ra, ushbu mablag‘lar yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash ishlari bilan bog‘liq xarajatlarni amalga oshirish uchun tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga asosan Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tuman Obodonlashtirish boshqarmalariga ajratiladi.

Mablag‘ning 1,46 mlrd so‘mi piyodalar bo‘yicha yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida ko‘cha va yo‘llar bo‘ylab temir panjara o‘rnatish uchun, 588 mln so‘mi esa voyaga yetmaganlar o‘rtasida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida qavariq piyodalar o‘tish joylarini tashkil qilish uchun sarflanadi.

Hujjatga ko‘ra, yo‘llar bo‘ylab jami 5,6 ming metrlik panjaralar o‘rnatiladi. Shundan ming metri Olmazor tumanida o‘rnatiladi.

Qavariq piyodalar o‘tish joylari shaharning 42 ta joyida tashkil etiladi. Olmazor tumanida 6 ta, Shayxontohur, Yunusobod, Sergeli, Mirobod tumanlarida 5 tadan, Bektemir tumanida 4 ta, Yashnobod va Chilonzor tumanlarida 3 tadan, Mirzo Ulug‘bek, Yakkasaroy va Yangihayot tumanlarida esa 2 tadan qavariq piyodalar o‘tish joylari tashkil etiladi.

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari tuman hokimliklari va tuman Obodonlashtirish boshqarmalari bilan birgalikda ajratilgan mablag‘larning o‘rnatilgan tartibda maqsadli sarflanishini ta’minlashi lozim. Ajratilgan mablag‘larning sarflanishi hamda bajarilgan ish hajmi bo‘yicha xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi va Toshkent shahar hokimligiga hisobot berib boriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Vengriya kompaniyasi O‘zbekistondagi AESlarda quruq sovitish texnologiyalarini joriy etadi
/
Vengriya kompaniyasi O‘zbekistondagi AESlarda quruq sovitish texnologiyalarini joriy etadi
Toshkentda uy-joy daromadi yillik 6,2% ga tushdi
/
Toshkentda uy-joy daromadi yillik 6,2% ga tushdi
2025-yilning birinchi choragida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $24,6 mlrdni tashkil etdi
/
2025-yilning birinchi choragida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $24,6 mlrdni tashkil etdi