YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM

Shuningdek, mamlakatda YaIM hajmi 0,05-0,1% ga ko‘payish ehtimoli mavjud

YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM

YouTube monetizatsiyasi yoqilishi orqali O‘zbekiston YaIM 0,05-0,1% ga ko‘payish ehtimoli mavjud. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi o‘z tahlilini e’lon qildi.

Ayni vaqtda monetizatsiya 108 ta davlatda yoqilgan bo‘lib, Markaziy Osiyo davlatlaridan faqat Qozog‘istonda mavjud.

Hozirda O‘zbekistonda oylik faol foydalanuvchilar YouTube ijtimoiy tarmog‘ida 13 mlnni tashkil etadi.

Monetizatsiya xizmati yoqilishi natijasida O‘zbekistonda mahalliy reklama bozori hajmi oshadi. 2024-yilda reklama bozori 2,1 trln so‘m bo‘lib, 29%  raqamli reklamaga to‘g‘ri keladi (20%  tashqi reklama, 51%  telereklamalar).

2023-yilda Qozog‘istonda raqamli reklama bozori hajmi $100 mlnga oshgan (+30%).

Rossiyada YouTube monetizatsiyasi o‘chirilgandan so‘ng blogerlar 20 mlrd rubl ($231 mln) zarar ko‘rishgan.

Bundan tashqari mahalliy kompaniyalar YouTube orqali o‘z auditoriyasiga reklama berish imkoniyati ochiladi. Reklamadan tushgan mablag‘ning bir qismi mahalliy blogerlarga qaytadi.

Monetizatsiya natijasida mahalliy blogerlarning daromadi yiliga $30-50 mlnga yetishi mumkin. Yangi kontent yaratuvchilar soni oshib, kreativ sanoat rivojlanadi. Blogerlar va media agentliklar ko‘payib, IT (montaj, video, animatsiya) xizmatlariga talab ortadi. Blogerlarning daromadi oshishi natijasida, ular tomonidan mahalliy bozorga investitsiyalar hajmi oshadi, mahalliy savdo va xizmatlar oshadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
/
Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda dollar kursi uch kunlik pasayishdan so‘ng ko‘tarila boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi uch kunlik pasayishdan so‘ng ko‘tarila boshladi