Olis hududlardagi o‘quv markazlari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1% etib belgilanadi

Ulardagi o‘qituvchilar uchun daromad solig‘i odatdagi 12% dan 7,5% tushiriladi

Olis hududlardagi o‘quv markazlari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1% etib belgilanadi

O‘zbekiston hududlarida yoshlar tashabbuslari uchun foizsiz qarzlar limiti oshiriladi va mazkur yo‘nalishdagi biznes subyektlari uchun soliq yuki kamaytiriladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

“Ko‘mak” loyihasi doirasida 130 mln so‘mgacha foizsiz ssudalar ajratish yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu chora natijasida so‘nggi olti oy ichida qishloq joylarda 120 dan ortiq xorijiy tillarni o‘qitish markazlari ochilgan.

Mazkur sohada tajribaga ega tadbirkorlar mavjud markazlar faoliyatini axborot texnologiyalari kurslari, zamonaviy kasblar, shuningdek kutubxona va sport to‘garaklari bilan kengaytirishni taklif etgan. Shu bois loyihada muvaffaqiyatli ishtirok etganlar uchun foizsiz qarzlar limiti 300 mln so‘mgacha oshiriladi.

Bundan tashqari, chekka hududlardagi o‘quv markazlari uchun soliqlar sezilarli darajada kamaytiriladi. Ijtimoiy soliq stavkasi 1% etib belgilanadi, o‘qituvchilar uchun daromad solig‘i esa 7,5% ni tashkil qiladi. Hozirda har ikkala ko‘rsatkich 12% darajasida.

Kam ta’minlangan oilalar farzandlarini bepul o‘qitadigan markazlarga qo‘shimcha imtiyozlar beriladi. Ular yer va mol-mulk solig‘idan to‘liq ozod qilinadi. Shuningdek, davlat kommunal xizmatlar xarajatlarining 50% ini qoplaydi, o‘qituvchilar uchun to‘langan daromad va ijtimoiy soliqlar esa tadbirkorlarga keshbek tarzida qaytariladi.

Yoshlar ishlari agentligi xususiy sektor bilan hamkorlikda har yili 20 ming nafar fuqaroni talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish dasturini yo‘lga qo‘yadi. Bundan tashqari, har bir tumanga texnikum va ta’lim markazlari negizida kasbiy laboratoriyalar tashkil etish uchun 500 mln so‘mgacha ssuda mablag‘lari ajratiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda Toshkent shahrida avtobusda yo‘lovchi tashishdan olingan daromad 16% ga oshdi
/
2025-yilda Toshkent shahrida avtobusda yo‘lovchi tashishdan olingan daromad 16% ga oshdi
Wolt O‘zbekistondagi faoliyatini to‘xtatadi
/
Wolt O‘zbekistondagi faoliyatini to‘xtatadi
AQSh O‘zbekiston fuqarosi va uning kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar kiritdi
/
AQSh O‘zbekiston fuqarosi va uning kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar kiritdi