Yangihayot tumanida “Yo’ldosh” massivini yangilash boshlandi

Ishlar 2024 yildan 2027 yilgacha bo’lishi mo'ljallangan

Yangihayot tumanida “Yo’ldosh” massivini yangilash boshlandi

Toshkent shahrining Yangihayot tumanida joylashgan “Yo‘ldosh” (eski “Sputnik”) massivida renovatsiya dasturi amalga oshiriladi. “Tashkent Invest” kompaniyasi mazkur hududni renovatsiya qilish loyihasi to‘g‘risida axborot ma’lumotnomasini taqdim etdi.

Hududda 1966-yilning yozida yashay boshlagan aholi uchun uy-joy masalasining vaqtinchalik yechimi sifatida 400dan ortiq ikki qavatli yog‘och uylar qurilgan. Hozirda ular ma’nan eskirgan va har bir kishiga 16 kv metrdan kamroqdan to‘g‘ri keluvchi xonadonlar maydoni hamda maishiy sharoitlarning mavjud emasligi talablarga javob bermaydi.

“Yo‘ldosh” mavzesi hududidagi daraxt va yashil o‘simliklarni saqlab qolish maqsadida renovatsiyani boshqa joyda amalga oshirish belgilandi. O‘rganishlar natijasida dastur uchun mavzedan 1,5 km uzoqlikdagi “Gulshonobod” mahallasi tanlandi. Hudud barcha talablarga javob berishi hamda aholini ko‘chirish infratuzilma va mahalla o‘rtasidagi aloqani saqlab qolishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

“Toshkent Invest” quruvchi kompaniya bilan birgalikda zamonaviy tuman loyihasi va konsepsiyasini ishlab chiqmoqda. U o‘z ichiga ijtimoiy, transport va kommunal infratuzilmani olib, xonadonlarning dastlabki va oxirgi pardozlashiga e’tibor qaratiladi.

Aholini yangi manzilga ko‘chirishda ularga teng qiymatga ega kvartiralar (masalan, eski uydagi 1 xonali uy o‘rniga yangi uydagi 1 xonali uy) beriladi. Muhtoj aholiga esa yangi uyga ko‘chib o‘tishda yordam ko‘rsatiladi.

Bundan tashqari, aholi o‘z uy-joyini kengaytirish, qo‘shimcha haq evaziga qo‘shimcha xonalar sotib olishda imtiyozli huquqqa ega bo‘ladi. 2025-yilning 1-choragida loyihaning ochiq jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

S&P yil oxiriga qadar dollar 12 050 so‘m darajasida qolishini prognoz qilmoqda
/
S&P yil oxiriga qadar dollar 12 050 so‘m darajasida qolishini prognoz qilmoqda
Yil oxirigacha Samarqanddan Urgutga temir yo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
/
Yil oxirigacha Samarqanddan Urgutga temir yo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Avolon Centrum Air’ga o’zining 5 ta Airbus A320neo samolyotlarini ijaraga beradi
/
Avolon Centrum Air’ga o’zining 5 ta Airbus A320neo samolyotlarini ijaraga beradi