Ikkita yog’-moy korxonasiga nisbatan ish qo’zg’atildi

Korxonalar 3,2 mlrdlik mahsulotlarni to’g’ridan-to’g’ri sotgan holatlari aniqlandi

Ikkita yog’-moy korxonasiga nisbatan ish qo’zg’atildi

Raqobat qo‘mitasining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “Forever service” va “Karmana moy invest” MCHJlarning paxta yog‘i, paxta shroti va paxta sheluxasi mahsulotlarni birja savdolari orqali sotish faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

Unga ko‘ra, “Forever service” MChJ tomonidan jami 2 mlrd so‘mdan ortiq jumladan, 101,52 tonna paxta yog‘i, 191 tonna paxta shroti va 126,2 tonna paxta sheluxasi to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar orqali sotilishi natijasida, yuqori likvidli va monopol mahsulotlarni birja savdolarida shakllangan o‘rtacha birja kotirovka narxlari bilan taqqoslanganda jami 55 mln so‘mdan ortiq tafovut holatlari aniqlandi.

Shu bilan birga,“Karmana moy invest” MCHJ tomonidan esa jami 1,1 mlrd so‘mdan ortiq ya’ni, 8 holatda  163,7 tonna paxta sheluxasi va 6 holatda 148,7 tonna paxta shroti to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar orqali sotilishi natijasida 54 mln so‘mdan ortiq farqli holatlar ma’lum bo‘ldi.

Ushbu holatlarga muvofiq, Navoiy viloyati hududiy boshqarmasining Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari bilan yog‘-moy korxonalariga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, belgilangan tartibda tegishli ta’sir chorasi qo‘llanildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Jahon banki O’zbekiston iqtisodiyotining o’sish prognozini 6%gacha yaxshiladi
/
Jahon banki O’zbekiston iqtisodiyotining o’sish prognozini 6%gacha yaxshiladi
O’zbekiston 2030 yilgacha sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasini tasdiqladi
/
O’zbekiston 2030 yilgacha sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasini tasdiqladi
O’zbekistonda yevro va iyenadan tashqari barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
/
O’zbekistonda yevro va iyenadan tashqari barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi