O’zbekistonda Xitoy kompaniyasi yirik turar joylar qurishga $440 mln ajratadi
Yo’llar rekonstruksiyasiga $300 mlnlik, ko’priklar qurishga esa $259 mlnlik shartnoma imzolandi
Toshkent shahar hokimligi va “China State Construction Engineering” korporatsiyasi bir nechta yo‘nalishlar bo‘yicha bitimlar imzolandi. Bu haqda shahar matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko’ra, Toshkent shahri yo‘l infratuzilmasini rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash bo’yicha hajmi $300 mlnni tashkil etadigan loyiha doirasida shahar yo‘llari va tegishli infratuzilmani qayta qurish rejalashtirilgan.
Ko‘priklarni loyihalash va qurish bo’yicha $259 mlnlik shartnoma imzolandi. Loyiha amalga oshirilishi natijasida 160 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Ko‘priklar qurilishi tirbandlik muammolarini bartaraf etishga yordam berishi va poytaxtda yo‘l harakatini sezilarli darajada yaxshilashi kutilmoqda.
Yirik turar joy majmuasi qurilishi bo’yicha esa taxminan $440 mlnlik loyiha doirasida biznes va savdo markazlari, maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarini o‘z ichiga olgan zamonaviy turar-joy majmuasini qurish rejalashtirilgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ