Eng yirik soliq qarziga ega qurilish kompaniyalari ma’lum bo‘ldi
Qurilish sohasida to‘lanmagan soliq majburiyatlari 1,35 trln so‘mga yetdi
2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan 1,24 mingta korxonada soliq qarzlari mavjud. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahri, Toshkent va Andijon viloyatlaridagi qurilish tashkilotlarining jami soliq qarzdorligi 1,35 trln so‘mni tashkil etgan. Shundan qariyb 39%i — 522,5 mlrd so‘m — atigi 10 ta yirik qurilish kompaniyasi hissasiga to‘g‘ri keladi.
Eng katta soliq qarziga ega qurilish tashkilotlari quyidagilar:
- Tash Building — 107 mlrd so‘m;
- Ko‘prikqurilish — 81,9 mlrd so‘m;
- Aziya Invest Favorit — 73,7 mlrd so‘m;
- Avtosanoat-Injiniring — 63,4 mlrd so‘m;
- Tamirlash Qurish Servis — 50,4 mlrd so‘m;
- Yorqin Sadaf Fasli — 40,8 mlrd so‘m;
- DM AJ BK Natek — 32,7 mlrd so‘m;
- Agro Asia Trade Servis — 31,5 mlrd so‘m;
- Grand Road Tashkent — 22,8 mlrd so‘m;
- Obod-Dastur-Qurilish — 18,3 mlrd so‘m.
Hududlar kesimida eng katta qarzdorlik Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lib, bu yerda qurilish kompaniyalarining soliq qarzi 492,2 mlrd so‘mni tashkil etadi. Toshkent viloyatida bu ko‘rsatkich 125,9 mlrd so‘m, Andijon viloyatida esa 124,6 mlrd so‘mga teng.
Soliq qo‘mitasi ushbu qarzdorliklarni qisqartirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilayotganini ma’lum qildi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ