Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 19-sanksiyalar paketini tayyorlamoqda

Bu orqali Rossiyaga mahsulotlarning uchinchi davlatlar orqali kirib kelishini to‘xtatadi

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 19-sanksiyalar paketini tayyorlamoqda

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 19-paket sanksiyalarni joriy etishni rejalashtirmoqda. Politico nashrining yozishicha, yangi cheklovlar orasida Yevropa mahsulotlarini uchinchi davlatlar orqali Rossiyaga qayta eksport qilishga taqiq kiritilishi ko‘zda tutilgan.

Manbaga ko‘ra, yevropalik diplomatlar bu sanksiyalar paketida katta o‘zgarishlar bo‘lishini kutmayapti. Ammo uchinchi davlatlar orqali Yevropa mahsulotlarini Rossiyaga qayta olib kirishni taqiqlash chorasi eng asosiy yangilik sifatida ko‘rilmoqda.

Ushbu qaror Yevropa mahsulotlarining Rossiyaga ruxsat berilgan mamlakatlar orqali qayta kirib kelishining oldini olish uchun qabul qilinmoqda.

Shuningdek, yangi paket cheklovlarni chetlab o‘tish va ulardan qochish amaliyotiga qarshi yo‘naltiriladi hamda Rossiyaning energetika va moliya sektorlariga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirishni o‘z ichiga oladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida $400 mlnlik shartnomalar imzolandi
/
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida $400 mlnlik shartnomalar imzolandi
Uzbekistan Airways va “O‘zavtosanoat” rahbarlari vakolati uzaytirildi
/
Uzbekistan Airways va “O‘zavtosanoat” rahbarlari vakolati uzaytirildi
Markaziy bank: fintex-servislarda JShShIR va telefon raqamlarini tekshirish faqat yangi foydalanuvchilarga ta’sir qiladi
/
Markaziy bank: fintex-servislarda JShShIR va telefon raqamlarini tekshirish faqat yangi foydalanuvchilarga ta’sir qiladi