Yevropa Ittifoqi Qirg‘izistonga qarshi sanksiyalar joriy etishi mumkin

Bryussel mamlakatga sanoat uskunalari va texnologik tarkibiy qismlar eksportini cheklashni maqsad qilmoqda

Yevropa Ittifoqi Qirg‘izistonga qarshi sanksiyalar joriy etishi mumkin

Yevropa Ittifoqi Qirg‘izistonga nisbatan cheklov choralarini joriy etish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bunga mamlakat orqali Rossiyaga nisbatan joriy etilgan eksport cheklovlarini chetlab o‘tilishi va yirik kriptovalyuta operatsiyalari sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu masala YI tomonidan tayyorlanayotgan yigirmanchi sanksiyalar paketi doirasida muhokama qilinmoqda. Hujjatda Qirg‘izistonga sanoat uskunalari hamda radioelektronika komponentlari eksportini cheklash taklif etilmoqda.

Manbalarga ko‘ra, 2022-yil fevralidan so‘ng Qirg‘iziston Yevropa mahsulotlarini Rossiyaga qayta yetkazib berish uchun muhim tranzit markazga aylangan. Xususan, Estoniyadan eksport 10 ming foizga, Finlyandiyadan 3,1 ming foizga, Polsha va Gretsiyadan esa 2 ming foizdan ortiq oshgan. Germaniya, Chexiya va Buyuk Britaniyadan yetkazib berish hajmi ham ming foizdan ko‘proqqa ko‘paygan.

Yevropa regulyatorlarining alohida e’tiborini 2025-yilda ish boshlagan Grinex kriptobirjasi faoliyati tortgan. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, platforma Rossiya rubliga bog‘langan A7A5 steyblkoinidan foydalanadi. Ushbu loyiha moldovalik bankir Ilan Shor hamda Promsvyazbank bilan bog‘lanmoqda.

Mazkur kriptoaktiv xalqaro bank tizimlari cheklangan sharoitda transchegaraviy to‘lovlar uchun ishlatilmoqda. 2026-yil boshiga kelib, A7A5 umumiy aylanmasi $100 mlrdga yetgan.

Shuningdek, sanksiyalarning yangi paketiga uchinchi davlatlardagi moliyaviy tashkilotlar va tranzaksiyalarni yashirishga yordam beruvchi servislar ham kiritilishi mumkin. Bundan tashqari, Rossiya neftini dengiz orqali tashishga to‘liq taqiq joriy etish masalasi ham muhokama qilinmoqda.

Rejalarga ko‘ra, fevral oyidan boshlab neftning maksimal narxi bir barrel uchun $44,1 etib belgilanishi mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

1-fevraldan Toshkent metropolitenining 19 ta bekatida kassalar yopildi
/
1-fevraldan Toshkent metropolitenining 19 ta bekatida kassalar yopildi
2025-yilda “Quyoshli xonadon” orqali aholiga 209 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya to‘landi
/
2025-yilda “Quyoshli xonadon” orqali aholiga 209 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya to‘landi
Jizzaxda 6 ta hududda turizm majmualari barpo etilishi rejalashtirilmoqda
/
Jizzaxda 6 ta hududda turizm majmualari barpo etilishi rejalashtirilmoqda