O‘zbekistonda Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy ofisi ochiladi

Mirziyoyev Yevropa kengashi va Yevropa komissiyasi prezidentlari bilan bu haqdagi bitimni imzoladi

O‘zbekistonda Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy ofisi ochiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen huzurida mamlakatda Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy ofisini ta’sis etish to‘g‘risida bitim imzolandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi ma’lum qildi

Xabarda qayd etilishicha, ofisning Toshkent shahrida ochilishi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, O‘zbekistonda va umuman Markaziy Osiyoda «yashil» iqtisodiyot, innovatsion sanoat va zamonaviy infratuzilmani rivojlantirishga jalb etilayotgan investitsiyalar hajmini oshirish imkonini beradi.

1958-yilda tashkil etilgan Yevropa investitsiya banki Yevropa Ittifoqining yetakchi moliyaviy institutidir.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Fevral oyida ko‘chmas mulk bitimlar soni 4% ga oshdi — ITIM
/
Fevral oyida ko‘chmas mulk bitimlar soni 4% ga oshdi — ITIM
Toshkent–Chorvoq pulli yo‘li 3 yilda quriladi
/
Toshkent–Chorvoq pulli yo‘li 3 yilda quriladi
Payme aktivlarining bir qismini TBC Tech’ga o‘tkazadi
/
Payme aktivlarining bir qismini TBC Tech’ga o‘tkazadi