YeTTB «Uzbek Leasing International» kompaniyasiga $6 mln ajratdi

Mablag'lar ayollar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash va ayollar biznes loyihalarini rivojlantirishga yo'naltiriladi

YeTTB «Uzbek Leasing International» kompaniyasiga $6 mln ajratdi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) «Uzbek Leasing International» kompaniyasiga Markaziy Osiyodagi «biznesdagi ayollar» (Ca WiB) dasturi bo’yicha  $6 mlnlik kredit ajratdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu dastur ayollarning tadbirkorlik sohasida faol ishtirok etishiga yordam beradi, moliyalashtirish va ish bilan ta’minlash sohasida gender tengligini rivojlantirishga yordam beradi. «Ayollar biznesi» loyihasining har bir ishtirokchisi 1 mln evrogacha mablag’ olishi mumkin.

Ma’lumot uchun, YeTTB «Uzbek Leasing International» asoschilaridan biri bo’lib, uni uzoq vaqt qo’llab-quvvatlagan. Hamkorlik yillarida YeTTB O’zbekistonda energiya samaradorligi va qayta tiklanadigan energiya manbalari bo’yicha loyihalarni moliyalashtirishni o’z ichiga olgan jami $12 mlnlik kreditlar ajratgan. Bundan tashqari, bank kompaniyaga kreditlarni tahlil qilish, risklarni boshqarish va buxgalteriya hisobi bo’yicha texnik yordam ko’rsatgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

IIV SAFE Service platformasidan ma’lumotlar sizib chiqqani haqidagi xabarlarni tekshirmoqda
/
IIV SAFE Service platformasidan ma’lumotlar sizib chiqqani haqidagi xabarlarni tekshirmoqda
O‘zbekistonda “Bir yo‘l” yagona transport platformasi joriy etilishi taklif qilindi
/
O‘zbekistonda “Bir yo‘l” yagona transport platformasi joriy etilishi taklif qilindi
SAFE Service SafeRoad foydalanuvchilari ma’lumotlari sizib chiqqani haqidagi xabarlarni rad etdi
/
SAFE Service SafeRoad foydalanuvchilari ma’lumotlari sizib chiqqani haqidagi xabarlarni rad etdi