Davlat xaridlari uchun yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish reglamenti tasdiqlandi

1-apreldan Davlat xizmatlari markazi va Yagona portal orqali ariza topshirish mumkin

Davlat xaridlari uchun yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish reglamenti tasdiqlandi

Joriy yilning 18-fevralida hukumat qarori bilan “Davlat xaridlarida yetkazib beruvchilarning yagona reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti”  tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qilmoqda.

Hujjat yuridik va jismoniy shaxslarning reyestrga kiritilishi uchun arizalarini topshirish va murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.

1-apreldan boshlab yetkazib beruvchilarning yagona reyestriga kiritilish uchun arizani Davlat xizmatlari markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali topshirish mumkin bo‘ladi.

Xizmat ko‘rsatish uchun davlat boji nazarda tutilmagan.

Arizani ko‘rib chiqish 15 ish kunini tashkil etadi. Reyestrga kiritish yoki rad etish to‘g‘risidagi qaror ariza beruvchi taqdim etgan ma’lumotlar, ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalarining xulosalari, shuningdek, ko‘rib chiqish jarayonida to‘plangan boshqa ma’lumotlar asosida qabul qilinadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
/
Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi
/
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi
O‘zbekistonda dollar kursi pasayishda davom etmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi pasayishda davom etmoqda