Rossiya bozorida o‘zbek lift ishlab chiqaruvchilari to‘siqlarga duch kelmoqda

Eksportni amalga oshirish uchun YeOIIga a’zo bo'lish talab qilinmoqda

Rossiya bozorida o‘zbek lift ishlab chiqaruvchilari to‘siqlarga duch kelmoqda

Toshkentda tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev biznes vakillari bilan elektrtexnika mahsulotlarining Rossiya bozoriga chiqishidagi muammolarni muhokama qildi.

Texnopark kompaniyasi rahbari Sarvar Axadovning ma’lum qilishicha, Rossiyada eskirgan liftlarni almashtirish bo‘yicha yirik dastur amalga oshirilmoqda. Uning doirasida 46 mingdan 85 mingtagacha lift yangilanishi rejalashtirilgan. Biroq ichki bozorni himoyalash maqsadida Rossiya hukumati bu loyihalarda faqat Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar korxonalariga ishtirok etishga ruxsat bergan.

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev mazkur muammo mavjudligini tasdiqladi. Uning aytishicha, Rossiya tomoni bilan yuqori darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston YeOIIga a’zo bo‘lishi savdo to‘siqlarini olib tashlash sharti sifatida muntazam taklif qilinmoqda.

Sarvar Axadov hukumatdan Rossiya bozoriga chiqishda yordam so‘rab, mamlakatning chekka hududlaridan birida pilot loyiha boshlashni taklif etdi. Uning ta’kidlashicha, kompaniya yiliga 10 mingtagacha lift eksport qilish imkoniyatiga ega. Har bir liftning o‘rtacha narxi $20 ming bo‘lsa, eksport hajmi $200 mlnga yetishi mumkin.

Bosh vazir o‘rinbosari ushbu masalani Rossiya hududlari rahbarlari bilan bevosita muhokama qilishni tavsiya qildi. U O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha birinchi kotibi Shamsiddin Abdullayevga gubernatorlar bilan muzokaralar olib borishni topshirdi. Chunki Rossiya markaziy hukumati bilan muloqot hozircha faqat YeOIIga qo‘shilish talabi bilan cheklanmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Nasiya savdo berayotgan doʻkonlar tovarlarni kreditga beryapti — Markaziy bank
/
Nasiya savdo berayotgan doʻkonlar tovarlarni kreditga beryapti — Markaziy bank
Oʻzbekistonda ayrim toifadagi talabalarning yotoqxona xarajatlarini davlat qoplab beradi
/
Oʻzbekistonda ayrim toifadagi talabalarning yotoqxona xarajatlarini davlat qoplab beradi
O‘zbekistonda xorijiy IT-kompaniyalar 2025-yilda 181,3 mlrd so‘m soliq to‘ladi
/
O‘zbekistonda xorijiy IT-kompaniyalar 2025-yilda 181,3 mlrd so‘m soliq to‘ladi