Yaponiya kompaniyasi o‘zbekistonlik haydovchilarni ishga taklif etadi

Migratsiya agentligi  “Shimizu Corporation” kompaniyasi bilan memorandum imzoladi

Yaponiya kompaniyasi o‘zbekistonlik haydovchilarni ishga taklif etadi

Yaponiya birinchi marta o‘zbekistonlik haydovchilarni ishga olishni boshlaydi. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Agentlik mas’ullari bilan “Shimizu Corporation” qurilish kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Unda tashkilotda hozir 150 nafar O‘zbekiston fuqarolari qurilish hamda ishlab chiqarish sohalarida vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgani qayd etildi.

Tomonlar fuqarolarni Yaponiya hududi bo‘ylab ishga jalb qilishni kengaytirish va qabul kvotasini ko‘paytirishga qaratilgan memorandumni imzoladi.

10-aprel kuni o‘nga yaqin fuqaro “Shimizu Corporation” kompaniyasiga ishga jo‘natildi. Qurilish sohasidagi ishlar uchun ularga oyiga $1000 dan boshlab ish haqi taqdim etiladi. Shuningdek, qo‘shimcha ish uchun ustamalar beriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Prezident Buxoroda 7,8 mlrd dollarlik 145 ta loyihani ishga tushirish va qurilishiga start berdi
/
Prezident Buxoroda 7,8 mlrd dollarlik 145 ta loyihani ishga tushirish va qurilishiga start berdi
Buxoroda $105 mlnlik turizm markazi quriladi
/
Buxoroda $105 mlnlik turizm markazi quriladi
Centrum Air Toshkentdan Chelyabinsk va Tyumenga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi
/
Centrum Air Toshkentdan Chelyabinsk va Tyumenga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi