Yaponiya O’zbekistonga chorvachilikni rivojlantirish uchun $200 mln qarz beradi

Taqdim etilgan mablag'lardan $40 mln charmni qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun imtiyozli kredit shaklida ajratiladi

Yaponiya O’zbekistonga chorvachilikni rivojlantirish uchun $200 mln qarz beradi

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) O’zbekistonga chorvachilik sohasini rivojlantirish uchun $200 mlnlik kredit mablag’larini taqdim etadi. Bu haqda «O’zcharmsanoat» matbuot xizmati xabar bermoqda.

Imtiyozli kreditlar ko’rinishidagi ushbu pul chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik bilan shug’ullanadigan tadbirkorlarga beriladi. Bundan tashqari, ushbu mablag’ning $40 mlni charmni qayta ishlash va charmdan buyumlar ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirishga sarflanadi.

Ushbu chora-tadbirlar yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga va charm buyumlar ishlab chiqarishni ko’paytirishga yordam berishi kutilmoqda. Bu, o’z navbatida, yuqori qo’shimcha qiymatga ega mahsulotlar eksportining ko’payishiga yordam beradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

AVO bank mijoz hisobvaraqlariga qo‘yilgan cheklovlar yuzasidan izoh berdi
/
AVO bank mijoz hisobvaraqlariga qo‘yilgan cheklovlar yuzasidan izoh berdi
O‘zbekistonda dollar kursi pasaydi
/
O‘zbekistonda dollar kursi pasaydi
O‘zbekistonning tashqi qarzi $84,1 mlrdga yetdi
/
O‘zbekistonning tashqi qarzi $84,1 mlrdga yetdi