Yanvar oyida nodavlat tashkilotlari 11,6 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi

Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar esa qiymat 121,4 mlrd so‘mga yetgan

Yanvar oyida nodavlat tashkilotlari 11,6 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi

2025-yil yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 11,6 mlrd so‘m qiymatidagi qurilish ishlari bajarildi, bu jami qurilish ishlarining 99% ni tashkil etadi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi

Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan esa 121,4 mlrd so‘m qiymatidagi qurilish ishlari bajarilgan, bu jami qurilish ishlarining 1% ini tashkil etadi.

O‘tgan yil davomida bajarilgan davlat mulkchiligidagi tashkilotlarning qurilish ishlaridagi ulushi quyidagicha:

  • 2022-yil — 96,6%;
  • 2023-yil — 97,8%;
  • 2024-yil — 98,3%;
  • 2025-yil — 99,0%.

Kapital.uz avvalroq 2024-yilda O‘zbekistonda 233,8 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgani haqida xabar bergandi. Unga ko‘ra, mamlakatda qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 27 408 tani tashkil etgan. 

Shuningdek, yaqinda qurilish maydonlarida ortiqcha chang chiqarilganda jarima qo‘llanilishi haqida qonun qabul qilindi

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda pullik avtoturargohlar uchun rezidentlik ruxsatnomalari joriy etiladi
/
Toshkentda pullik avtoturargohlar uchun rezidentlik ruxsatnomalari joriy etiladi
O‘zbekistonda banklarning sof daromadi bir yilda 57% ga oshdi
/
O‘zbekistonda banklarning sof daromadi bir yilda 57% ga oshdi
Yanvar–noyabrda O‘zbekistonda tadbirkorlik faolligi sezilarli oshdi
/
Yanvar–noyabrda O‘zbekistonda tadbirkorlik faolligi sezilarli oshdi