24.2.2025 | 15:17
O‘zbekistonda 2025-yilning birinchi oyida 15,6 ming dona yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan
Reytingda Cobalt, Damas va Kia rusumli avtomobillar eng ko‘p ishlab chiqarilgan

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2025-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 15 611 dona har xil turdagi yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.
Oy davomida avtomobil sanoatida yetakchilik qilayotgan avtomobil rusumlari Cobalt (5 660 dona), Damas (2 765 dona), Kia (1 978 dona) bo‘lib turibdi.
Shuningdek:
- Onix — 1 462 dona;
- Tracker — 1 334 dona;
- BYD — 802 dona;
- Chery — 594 dona;
- Haval – 373 dona;
- Maxsus yengil avtomobillar — 643 dona.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ