Yanvar oyida yangi yengil avtomobillar savdosi 7,2%ga oshdi

Elektromobillar bozori o‘sishda yetakchi bo‘lib, savdo hajmi 6,1 ming donaga yetdi

Yanvar oyida yangi yengil avtomobillar savdosi 7,2%ga oshdi

2026-yil yanvar oyida mahalliy ishlab chiqarilgan va import qilingan yangi yengil avtomobillar savdosi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,2%ga oshib, 28,6 ming donani tashkil etdi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi.

Eng yuqori savdo faolligi Buxoro, Qashqadaryo, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, Samarqand va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida sotuvlar kamaydi.

Mahalliy ishlab chiqarilgan avtomobillar segmentida savdo hajmi 11%dan ortiq o‘sib, 24 ming donadan oshdi. Xorijiy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar realizatsiyasi esa qariyb 4,4 ming dona bo‘lib, o‘tgan yil yanvariga nisbatan 10%ga kamaydi.

Elektromobillar bozori o‘sishning asosiy drayveriga aylandi. Yanvar oyida elektromobillar savdosi 9%ga oshib, 6,1 ming donani tashkil etdi. Sotuvlarning asosiy qismi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelib, poytaxtda 3,7 mingta elektromobil sotildi va bu umumiy hajmning 62%dan ortig‘ini tashkil etdi.

Hududlar kesimida elektromobil savdosining eng katta o‘sishi Samarqandda 3,5 barobar, Namanganda 2,4 barobar, Surxondaryoda 5 barobar hamda Xorazmda 3 barobarni tashkil etdi. Birlamchi elektromobil bozori esa rekord darajada — 45,3%ga o‘sib, 4,7 ming dona ko‘rsatkichga yetdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Raqobat qo‘mitasi Ramazon arafasida savdo tarmoqlarini narxlar barqarorligi bo‘yicha ogohlantirdi
/
Raqobat qo‘mitasi Ramazon arafasida savdo tarmoqlarini narxlar barqarorligi bo‘yicha ogohlantirdi
O‘zbekiston hamkor davlatlar bilan ichimliklar markirovka kodlarini o‘zaro tan oladi
/
O‘zbekiston hamkor davlatlar bilan ichimliklar markirovka kodlarini o‘zaro tan oladi
Prezident aholi uchun avtokredit stavkalarini pasaytirishni buyurdi
/
Prezident aholi uchun avtokredit stavkalarini pasaytirishni buyurdi