O’zbekiston 10 oyda qariyb $2,5 mlrdlik to’qimachilik mahsulotlarini eksport qildi

Bu ko’rsatkich o’tgan yilga nisbatan 5,7%ga kam

O’zbekiston 10 oyda qariyb $2,5 mlrdlik to’qimachilik mahsulotlarini eksport qildi

O‘zbekistonda yanvar-oktyabr oylarida $2,4 mlrdlik to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilindi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,7%ga kam. Bu haqida Statistika agentligi xabar berdi.

Eksportning 39,1%ni tayyor mahsulotlar, 43,5%ni kalava iplar tashkil etdi. Bu davrda 56 davlatga mahsulot yetkazib berildi.

To’qimachilik mahsulotlari eksportiga quyidagilar kiradi:

  • Ip — $1 mlrd
  • Tayyor to‘qimachilik mahsulotlari — $952,3 mln;
  • Trikotaj mato — $251,1 mln;
  • Matolar — $119,4 mln;
  • Paypoq mahsulotlari — $34,2 mln.

Bundan oldin, O’zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarini $1 mlrddan ortiqqa eksport qilgani haqida xabar berilgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
/
Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM
/
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM