O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi $8,2 mlrdga yetdi

Birinchi yarimyillikda valyutasi ayirboshlash hajmi esa 24% ga oshgan

O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi $8,2 mlrdga yetdi

2025-yilning yanvar–iyun oylarida chet eldan O‘zbekistonga kirib kelgan pul o‘tkazmalari $8,2 mlrdni tashkil etdi, deb xabar bermoqda Markaziy bank. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 27% ga yoki $1,8 mlrdga ko‘p.

Pul o‘tkazmalarining $6,4 mlrd qismi yoki 78%i Rossiyadan yuborilgan. Qolgan qismi esa Qozog‘iston, AQSH, Janubiy Koreya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Qirg‘iziston, Litva va boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Mazkur davrda jismoniy shaxslarga kelib tushgan mablag‘larning:

  • $4,3 mlrdi (53%) an’anaviy xalqaro pul o‘tkazma tizimlari orqali (o‘sish — 22%);

  • $3,6 mlrdi (44%) bank kartalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri — P2P o‘tkazmalar (o‘sish — 40%);

  • $251 mln (3%) bank o‘tkazmasi — SWIFT orqali amalga oshirilgan (pasayish — 22%).

Xuddi shu davrda O‘zbekistondan chet elga yuborilgan pul o‘tkazmalari $1,2 mlrdni tashkil etdi — bu o‘tgan yil darajasiga teng.

Valyuta ayirboshlash operatsiyalari

2025-yilning I-yarim yilligida banklar va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi chet el valyutasi ayirboshlash hajmi 24% ga oshib, $14,5 mlrdga yetdi.

Banklar jismoniy shaxslardan $9,1 mlrd valyuta xarid qildi (o‘sish — 27 %), shuningdek, $5,4 mlrd valyuta sotildi (o‘sish — 18 %).

Umumiy ayirboshlash operatsiyalarining:

  • 58% i ($8,4 mlrd) valyuta shoxobchalari;

  • 41% i ($5,9 mlrd) masofaviy xizmatlar (onlayn);

  • 1% i ($252 mln) 24/7 bankomatlar orqali amalga oshirildi.

Natijada, banklar tomonidan jismoniy shaxslardan sotib olingan valyuta hajmi ularga sotilgan valyuta hajmidan $3,7 mlrdga ko‘p bo‘ldi. Bu esa ichki valyuta bozorida qo‘shimcha taklif manbai sifatida xizmat qildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

OKMK va yana 30 ta kompaniya mintaqaviy bozorlarda yetakchi deb topildi
/
OKMK va yana 30 ta kompaniya mintaqaviy bozorlarda yetakchi deb topildi
Tojikistonning Rog‘un GESi O‘zbekistonga elektr energiyasini eksport qiladi
/
Tojikistonning Rog‘un GESi O‘zbekistonga elektr energiyasini eksport qiladi
O‘zbekistonda dollar kursi keskin tushdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi keskin tushdi