O‘zbekistonga ikki oyda 1,7 mln dan ortiq turist tashrif buyurdi
Xorijiy sayyohlar oqimi o‘tgan yilga nisbatan 33%ga oshdi
Фото: Kapital.uz
2026-yil yanvar–fevral oylarida O‘zbekistonga 156 ta davlatdan jami 1,77 mln nafar xorijiy fuqaro tashrif buyurdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan sayyohlar oqimi 441 ming nafarga oshgan. Tashrif buyurganlarning asosiy qismi qo‘shni davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Eng ko‘p turist Qirg‘izistondan kelgan — 521,1 ming nafar. Keyingi o‘rinlarda Tojikiston (469 ming nafar) va Qozog‘iston (386,2 ming nafar) turibdi.
Birinchi beshlikka, shuningdek, Rossiya (123,3 ming nafar) va Afg‘oniston (83,6 ming nafar) kirgan. Shuningdek, Turkmaniston (51 ming), Xitoy (49 ming) va Turkiyadan (24 ming) kelgan sayyohlar faolligi ham yuqori bo‘lgan.
Top-10 ro‘yxatini Hindiston (9,4 ming) va Janubiy Koreya (5,3 ming) yakunlab turibdi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ