Yil boshidan buyon O‘zbekistonga qariyb 29 mingta elektromobil import qilindi
Mamlakatga olib kirilgan benzinli va gibrid avtomobillar hajmi keskin kamaymoqda

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonga jami 42,2 ming dona yengil avtomobil import qilindi. Ularning umumiy qiymati $640,7 mlnni tashkil etdi, deya xabar bermoqda Bojxona qo‘mitasining statistik ma’lumotlari.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan pastroq — 2024-yilning sakkiz oyida 47,9 mingta mashina $914,7 mln qiymatida olib kirilgan edi.
Eng katta o‘sish elektromobillar segmentida kuzatildi. 2025-yilning sakkiz oyida mamlakatga 28,9 mingta elektromobil kiritildi. Bu o‘tgan yilgi 12,9 mingta ko‘rsatkichdan ikki baravar ko‘pdir. Ularning qiymati ham sezilarli oshib, $358,9 mlnni tashkil etdi (2024-yilda — $166,7 mln).
Aksincha, benzinli va gibrid avtomobillar importi keskin kamaydi. Hisobot davrida atigi 11,1 mingta benzinli mashina olib kirildi ($233,6 mln). 2024-yilda esa bu ko‘rsatkich 25 mingtani tashkil etgan bo‘lib, ularning qiymati $541,1 mln bo‘lgan.
Gibrid avtomobillar importi ham qisqardi: 2025-yilda 2, mingdona ($46,1 mln), o‘tgan yilda esa 10, ming dona ($192,8 mln) bo‘lgan.
Dizel dvigatelli mashinalar bo‘yicha esa o‘sish qayd etildi: 2025-yilda 91 dona ($2,1 mln), 2024-yilda esa atigi 9 dona avtomobil olib kirilgan edi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ