Yangiyo‘l tumanida qishloq xo‘jaligi uchun dronlar ishlab chiqariladi

Bu haqda Malayziyaning “Meraque” kompaniyasi bilan kelishuv imzolandi

Yangiyo‘l tumanida qishloq xo‘jaligi uchun dronlar ishlab chiqariladi

Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimi masʼullari, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlari hamda tuman rahbarlarining Malayziyaga tashrifi doirasida bir necha sohalarda hamkorlik qilishga kelishib olindi. Bu haqda vazirlik rasmiy sahifasida ma’lum qildi

Xususan, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish ilmiy-tadqiqot institutida aqlli qishloq xo‘jaligi texnikalari va dronlarni ishlab chiqarish bo‘yicha “Meraque” kompaniyasi bilan kelishuv imzolandi.  

Shuningdek, Malayziya Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlarini rivojlantirish instituti va O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida sho‘r va suvsizlikka chidamli sholi navlarini tajriba sifatida ekish uchun urug‘lar olib kelinadi. O‘zbekistonda yetishtirilgan “Devzira” sholi urug‘lari esa Malayziyaga jo‘natiladi.

Malayziya Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat xavfsizligi vazirligining Baliqchilik departamenti hamda “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi hamkorligida Oʻzbekistonda Malayziyaning yangi texnologiyalari asosida intensiv baliqchilik, bioflok va krivetka yetishtirish loyihalari yoʻlga qoʻyiladi.

Malayziya Qishloq xoʻjaligi marketing agentligi bilan hamkorlikni rivojlantirish orqali Oʻzbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavot va ipak mahsulotlarini eksport qilish yoʻlga qoʻyiladi.

Bundan tashqari, Malayziyaning “Jakim” tashkiloti bilan hamkorlikda Oʻzbekistonlik fermerlar va tadbirkorlar uchun “Halol” sertifikati olish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Mazkur tashabbuslar va investitsiya loyihalari yuzasidan Malayziyada oʻtkazilgan Oʻzbekiston-Malayziya biznes forumi doirasida Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Alisher Shukurov taqdimot bilan ishtirok etdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Rossiyaning “Tatlift” kompaniyasi Buxoro viloyatida $5,5 mlnlik lift ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda
/
Rossiyaning “Tatlift” kompaniyasi Buxoro viloyatida $5,5 mlnlik lift ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda
Yil boshidan buyon O‘zbekistonda gaz eksporti 50% ga o‘sdi
/
Yil boshidan buyon O‘zbekistonda gaz eksporti 50% ga o‘sdi
Markaziy bank 6 oyda qo‘shimcha 5,2 trln so‘m naqd pulni muomalaga chiqardi
/
Markaziy bank 6 oyda qo‘shimcha 5,2 trln so‘m naqd pulni muomalaga chiqardi