2026-yildan yangi turar joy majmualariga faqat o‘zbekcha nom qo‘yiladi

Shuningdek, binolar pasporti, peshlavhalar va reklamalarda ham o‘zbekcha yozuvlar majburiy bo‘ladi

2026-yildan yangi turar joy majmualariga faqat o‘zbekcha nom qo‘yiladi

O‘zbekistonda 2026-yildan yangi qurilayotgan turar joy majmualari davlat tili qoidalari va me’yorlariga muvofiq nomlanishi shart. Bu haqda 22-oktabrda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasi qarorida so‘z boradi.

O‘zgarishlar qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ruxsatnomalar berish, obyektni foydalanishga topshirish, loyihalarni arxitektura-shaharsozlik kengashlarida kelishish kabi bir qator jarayonlarga taalluqli. Shuningdek, til siyosati bilan bog‘liq talablarni ham o‘z ichiga oladi.

Xususan, 2026-yil 1-yanvardan boshlab qurilayotgan turar joy majmualari nomlari davlat tilida bo‘lishi, davlat tili qoidalari va me’yorlariga rioya etishi lozim. Bundan tashqari, obyekt pasporti, peshlavhalar va qurilish maydonining vaqtinchalik to‘siqlaridagi boshqa yozuvlar davlat tilida bo‘lishi talab qilinadi. Qurilayotgan obyektlar haqidagi reklama va e’lonlarda davlat tilidan foydalanish majburiy hisoblanadi.

Hududiy qurilish inspeksiyalarining obyektlarni qurish va foydalanishga topshirish uchun ruxsatnomalar berishdagi ishtiroki kengayadi. Quruvchilar ularga mualliflik, texnik va ichki nazorat bo‘yicha tegishli hujjatlarni taqdim etishlari shart.

Shuningdek, Oliy sudning E-XSUD elektron tizimi va ekologik ruxsatnomalar berish tizimi “Shaffof qurilish” platformasi hamda Kadastr agentligi tizimi bilan integratsiya qilinadi. Dekabr oyi oxirigacha davlat xizmatlari markazlari va YAIDXPda qurilgan obyektlarni qabul qilish dalolatnomalarini rasmiylashtirish xizmatini ishga tushirish topshirildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi