O‘zbekiston $1,5 mlrdga suveren xalqaro obligatsiyalarni joylashtirdi

AQSh valyutasidagi obligatsiyalar yetti yilga, yevro esa uch yilga joylashtirilgan

O‘zbekiston $1,5 mlrdga suveren xalqaro obligatsiyalarni joylashtirdi

O‘zbekiston jahon moliya bozorlarida navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalarni umumiy qiymati qariyb $1,5 mlrdga joylashtirdi, deb xabar berdi Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati.

Xabarga ko‘ra, joriy yilning 18- va 20-fevral kunlari Londonda AQSh dollarida (7 yil muddatga), yevroda (4 yil muddatga) va so‘mda (3 yil muddatga) chiqarilgan suveren xalqaro obligatsiyalarni joylashtirish uchun arizalarni qabul qilish boshlangan.

Obligatsiyalarni joylashtirish bo‘yicha umumiy talab $4,2 mlrdni tashkil etdi. Foiz stavkalari quyidagicha belgilandi: 7 yillik $500 mlnlik obligatsiyalar — 6,95%, 4 yillik €500 mlnlik obligatsiyalar — 5,1%, 3 yillik 6 trln so‘mlik obligatsiyalar — 15,5%.

Qayd etilishicha, jalb qilingan mablag‘lar 2025-yilgi davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish hamda ipoteka dasturlarini qo‘llab-quvvatlash uchun tijorat banklariga resurslar ajratishga yo‘naltiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Jizzaxda 9,8 tonna oltinni noqonuniy qazib olgan fuqaro qamaldi
/
Jizzaxda 9,8 tonna oltinni noqonuniy qazib olgan fuqaro qamaldi
O‘zbekistonda fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish xususiy agentliklarga topshiriladi
/
O‘zbekistonda fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish xususiy agentliklarga topshiriladi
Auksionlarda eng qimmat mobil raqam 317,2 mln so‘mga sotilgan
/
Auksionlarda eng qimmat mobil raqam 317,2 mln so‘mga sotilgan